Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ichki ishlar tizimida bir yil ichida qancha xodim jinoiy javobgarlikka tortilgani aytildi
Foto: KUN.UZ
Ichki ishlar vaziri Po‘lat Bobojonov O‘zA muxbiri bilan suhbatda fuqarolarning ichki ishlar organlariga bo‘lgan ishonchini oshirish uchun kompleks tadbirlar amalga oshirilayotganini aytib o‘tdi.
Qayd etilishicha, 19 ming nafar xodim attestatsiyadan o‘tkazildi. Ijobiy natijalarga erishgan, tashabbuskor 7 ming 678 nafar xodimga navbatdagi maxsus unvonlar berildi, 1 ming 12 nafar xodim rahbar kadrlar zaxirasiga kiritildi.
Egallab turgan lavozimida besh yildan ortiq xizmat qilayotgan 346 nafar rahbar xodimning faoliyati tanqidiy o‘rganilib, 172 nafari egallab turgan lavozimidan ozod etilib, o‘rniga tashabbuskor yangi rahbarlar tayinlandi.
Aksincha, o‘z ustida lozim darajada ishlamagan 383 nafar rahbar xodim olti oydan keyin qayta attestatsiyadan o‘tishi, 81 nafari past lavozimga tayinlanishi to‘g‘risida qaror qabul qilindi, 59 nafari ichki ishlar organlari safidan bo‘shatildi.
O‘z navbatida, tizimda poraxo‘rlikka qarshi kurashish borasida ham aniq chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Fuqarolar tomonidan taklif qilingan pora sifatidagi pullarni olmasdan, pora berish jinoyatini fosh etishda shaxsiy tashabbus ko‘rsatgan ichki ishlar organlari xodimlari rag‘batlantirib borilmoqda. Bunda 77 nafar xodimning pora taklif qilgan shaxslarga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni so‘rab qilgan murojaatiga asosan aybdor fuqarolarga nisbatan qonuniy choralar ko‘rilishi ta'minlandi.
2018 yilda tizimda xizmat qilgan 174 nafar xodim sodir etgan turli jinoyatlari uchun javobgarlikka tortilgan.
Mavzuga oid
17:45 / 30.04.2026
Forma ortidagi sxema: Samarqandda leytenant million dollarlik ishda gumonlanmoqda
11:32 / 20.04.2026
Voyaga yetmaganlar xavfsizligiga doir yangi huquqiy normalar joriy etildi
10:56 / 17.04.2026
IIV Shaxsiy xavfsizlik bosh boshqarmasiga to‘g‘ridan to‘g‘ri murojaat qilish yo‘lga qo‘yildi
15:23 / 13.04.2026