Özbekiston prezidenti farmoniga binoan Özbekiston Milliy gvardiyasi qömondoni Bahodir Toşmatov, Içki işlar vaziri Pölat Bobojonov hamda prezident maslahatçisi, Favqulodda vaziyatlar vaziri vazifasini bajaruvçi Tursunxon Xudoybergenovga turli darajadagi generallik unvonlari berildi.
Xususan, Milliy gvardiya boşliği Bahodir Toşmatov Özbekistonda darajasi jihatidan ikkinçi örinda turadigan (armiya generali unvonidan keyin) general-polkovnik harbiy unvoni bilan taqdirlangan. U Özbekistonning yangi tarixida bunday darajadagi unvonni olgan yettinçi kişi böldi.

Içki işlar vaziri Pölat Razzoqoviç Bobojonovga va prezident maslahatçisi Tursunxon Xudoybergenovga general-leytenant unvoni berilgan.


Bundan avvalroq Özbekiston Respublikasi Mudofaa vaziri Abdusalom Azizovga general-leytenant unvoni berilgani xabar qilingandi.
















