Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida Vazirlar Mahkamasining “Milliy maqomlar asosida yaratilgan zamonaviy yönalişdagi “Eng yaxşi sahna asarlari” respublika tanlovini ötkaziş töğrisida”gi qarori loyihasi joylaştirildi.

Hujjat bilan belgilanişiça, kompozitorlar örtasida milliy maqomlar asosida yaratilgan zamonaviy yönalişdagi “Eng yaxşi sahna asarlari” respublika tanlovi 2019 yildan boşlab har ikki yilda bir marta ötkazilişi mumkin.

Tanlovning Nizomi tasdiqlanişi mumkin.

Özbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi (Sayfullayev), Özbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyuşmasi (Abdullayev)ga:

tanlovni ötkaziş böyiça barça taşkiliy va ijodiy işlarni muvofiqlaştiriş;

tanlov ğoliblarini aniqlaş maqsadida maqom san'ati ustalari va bilimdonlari (kompozitor, bastakor, musiqaşunos, şoir va ijroçilar)dan iborat Respublika komissiyasini tuziş va tasdiqlaş;

Özbekiston Badiiy akademiyasi bilan birgalikda tanlov sovrindorlariga beriladigan diplom, sertifikat va statuetka namunalarini işlab çiqiş va tasdiqlaş;

tanlovni yuqori saviyada ötkaziş uçun taniqli san'atkorlar, maqom ustalari, kompozitorlar, bastakorlar, malakali mutaxassislarni jalb etiş vazifalari yuklatiladi.

Milliy maqomlar asosida yaratilgan zamonaviy yönalişdagi “Eng yaxşi sahna asarlari” respublika tanlovining nizomiga köra, tanlov maqom yöllaridagi namunalardan foydalanib ijod  qilib kelayotgan kompozitorlar, ular tomonidan yaratilgan yangi asarlarni izlab topiş, musiqa ijodkorlari va ijroçilar uçun keng imkoniyat yaratiş, maqom san'atini yanada ommalaştiriş va tarğib etiş maqsadida respublika miqyosida ötkaziladi.

Tanlovda maqom yöllaridagi namunalardan foydalanib zamonaviy uslubda yaratilgan eng yaxşi kompozitorlik asari (simfoniya, konsert, kamer-çolğu, poema, oratoriya, syuita va boşqa) yirik yönalişdagi sahna asarlari mualliflari iştirok etadi.   

Tanlovni taşkil etiş va ötkaziş bilan boğliq barça taşkiliy va ijodiy işlar Madaniyat vazirligi tomonidan muvofiqlaştiriladi.

Tanlovning asosiy maqsad va vazifalari: zamonaviy kompozitorlik ijodiyotining maqom san'ati milliy an'analari asosida yanada rivojlantiriş, ijro va ijod an'analari asosida qayta şakllantiriş, zamonaviy kompozitorlik ijodiyoti an'analariga singdiriş va özbek kompozitorlari ijodida yirik janrlardagi milliy maqomlar asosida zamonaviy sahna asarlari namunalarini yaratiş, uşbu yönalişida ijod qilib kelayotgan kompozitorlarni kaşf etiş.