Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev Hindiston Respublikasi Boş vaziri Narendra Modining taklifiga binoan «Jöşqin Gujarat – 2019» IX xalqaro investitsiya sammitida iştirok etiş uçun 2019 yil 17-18 yanvar kunlari uşbu mamlakatda amaliy taşrif bilan böladi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.
«Davlatimiz rahbari sammit yalpi sessiyasida nutq sözlaydi, şuningdek, Özbekiston – Hindiston hamkorligi, xalqaro va mintaqaviy siyosat masalalarini muhokama qiliş uçun Boş vazir Narendra Modi bilan muzokaralar ötkazadi», deyiladi xabarda.
Boş vazir Narendra Modi taşabbusi bilan 2003 yildan buyon Gandinagar şahrida ötkazib kelinayotgan «Jöşqin Gujarat» sammiti mintaqadagi eng yirik xalqaro forum hisoblanadi. Unda davlat va hukumat rahbarlari, vazirlar, xalqaro taşkilot va transmilliy korporatsiyalar rahbarlari, yetakçi tahlilçilar, ekspertlar iştirok etadi.
An'anaga köra, global iqtisodiyotni rivojlantiriş, savdo sohasidagi şeriklikni kengaytiriş, investitsiyalar jalb qiliş, ilğor texnologiyalar va bilimlar almaşişga doir dolzarb masalalar forum iştirokçilari diqqat markazida böladi.
Eslatib ötamiz, Şavkat Mirziyoyev 2018 yilning 30 sentabr – 1 oktabr kunlari Hindistonda taşrif bilan bölgandi. Taşrif davomida Özbekiston prezidenti Hindiston rahbarlari bilan uçraşuvlar ötkazgandi.












