Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Respublikada 263 mingtaga yaqin kichik korxonalar ishlamoqda
2019 yil 1 yanvar holatiga respublikada faoliyat ko‘rsatayotgan kichik korxona va mikrofirmalarning soni 262,9 mingtani tashkil qilgan. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilga nisbatan 14,5%ga oshgan. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi xabar bermoqda.
Faoliyat ko‘rsatayotgan kichik korxona va mikrofirmalarning asosiy qismi, ya'ni 60,0 mingtasi (22,8%) Toshkent shahri, 25,4 mingtasi (9,6%) Toshkent, 23,3 mingtasi (8,9%) Farg‘ona hamda 22,6 mingtasi (8,6%) Andijon viloyatlari hissalariga to‘g‘ri keladi.
Iqtisodiy faoliyat turlari kesimida faoliyat ko‘rsatayotgan jami 262,9 mingta kichik korxona va mikrofirmalarning 70,5 mingtasi (26,8%) – savdo, 56,2 mingtasi (21,4%) - sanoat, 29,0 mingtasi (11,0%) - qurilish, 24,0 mingtasi (9,1%) - qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligi, 19,7 mingtasi (7,5%) - yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar sohasi, 13,1 mingtasi (5,0%) - tashish va saqlash, 6,7 mingtasi (2,6%) - axborot va aloqa sohasi, 5,4 mingtasi (2,0%) - sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish, shuningdek 38,4 mingtasi (14,6%) - boshqa faoliyat turlari hissalariga to‘g‘ri keladi.
Faoliyat ko‘rsatayotgan kichik korxona va mikrofirmalarning asosiy qismi sanoat va savdo faoliyat turlariga to‘g‘ri keladi. Eng kam ulushi esa sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish hamda axborot va aloqa faoliyat turlariga to‘g‘ri keladi.
2018 yil yanvar-dekabr oylarida 48,9 mingdan ziyod kichik korxona va mikrofirmalar yangi tashkil etilgan. Bu esa o‘tgan yilning shu davriga nisbatan qaraganda 28,2%ga ko‘proq. Eng ko‘p yangi tashkil etilgan kichik korxona va mikrofirmalar Toshkent shahri (12071 ta), Toshkent (5080 ta), Samarqand (4312 ta) va Farg‘ona (3780 ta) viloyatlari hissasiga to‘g‘ri keladi. Eng kam Sirdaryo (1354 ta), Xorazm (2009 ta) hamda Navoiy (1810 ta) viloyatlarida tashkil etilgan.
Iqtisodiy faoliyat turlari kesimida esa eng ko‘pi savdoda 11713 ta, sanoatda 11262 ta, qurilishda 6360 ta va qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligida 5586 ta tashkil etilgan. Eng kam esa sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmat ko‘rsatishda 1154 ta, axborot va aloqada 1228 ta hamda tashish va saqlashda 2107 ta tashkil etilgan.