Qadim zamonlardan to hozirgi kunlargaça odamlar köp e'tibor qaratadigan ikki masala mustahkam soğliq va uzoq umr köriş hisoblanadi. Yaponiya aholisi uzoq umr köruvçi davlat hisoblanadi. Bu yerda örtaça umr köriş davomiyligi 84 yoşni taşkil qiladi. Yaponlar kundalik odatlari va ovqatlanişlarini nazorat qiladilar. Xöş, yaponlarning uzoq umr köriş siri nimada? 

Yaponlar yoğli va aççiq taomni kam iste'mol qiladilar va parhezbop mahsulotlarni afzal köradilar. Çunki zararli yegulik iste'mol qiliş içki a'zolar işiga ta'sir qilişi mumkin va soğliqqa zarar keltiradi.

Mutaxassislarning ta'kidlaşiça, muvozanatlaşgan diyetaga amal qiluvçilar va yaxşi odatlarga ega bölganlar mustahkam soğliq va uzoq umr bilan mukofotlanadilar. Yaponlar uzoq umr köriş omillari reytingida sportni faqatgina 3-öringa qöyadilar. Bu reytingning 1-örnini esa biz köpinça inobatga olmaydigan omil egallaydi.

1. Tölaqonli uyquni ta'minlaş. Uyquda inson a'zolari böşaşadi. Agar biz yetarliça vaqt uxlamasak, unda bu içki a'zolar işida buzilişlarga va qon aylanişi tezligi pasayişiga olib keladi. Bunda moddalar almaşinuvi va çiqaruvçi funksiyalar buziladi, bu esa organizmning ifloslanişi, toksinlar yiğilişiga olib keladi. Oqibatda immunitet pasayadi va soğliqqa putur yetadi.

2. Muvozanatlaşgan diyeta. Sabzavotlar, göşt va soyadan iborat yengil hazm qilinuvçi va töyimli ovqat iste'mol qiliş zarur. Avvalambor 3 martalik ovqat yeyiş tamoyiliga amal qiliş, aççiq va yoğli ovqat kamroq yeyiş kerak. Katta miqdorda zararli yegulik iste'mol qiliş qon quyuqligiga ta'sir qiladi va moddalar almaşinuviga ham putur yetadi. Töğri ovqatlanib siz nafaqat organizmga foydali moddalarni özlaştirişda yordam berasiz, balki soğliğingizni mustahkamlaysiz. 

3. Kundalik faollik. Sport töğri qon aylanişiga yordam beradi, moddalar almaşinuvini tezlaştiradi va şu bilan mehnat qobiliyatini oşiradi. Şu tariqa organizmdan toksinlar çiqariladi va ular kamroq töplanadi, içki a'zolarga yuklama kamayadi. Sport bilan şuğullaniş miya faolligini qözğatadi va kayfiyatni yaxşilaydi. Agar har kuni muntazam harakatda bölinsa, bu nafaqat ovqat hazm qilişga yordam beradi, balki immunitetni oşiradi.    

4. Hayotga pozitiv qaraş. Optimizm soğliqqa va kayfiyatga yaxşi ta'sir körsatadi. Statistikaga köra, keksa yoşlilarning 80 foizdan köproği yaxşi kayfiyatda böladi, hayotdan bahra oladi va köp döstlarga ega böladi. Agar doim taşvişlanib yurilsa, bu endokrin diskraziyasiga va insulin işlab çiqarilişi kamayişiga olib keladi. Bu esa yana içki a'zolarga zarar keltiradi. Doimiy stresslar soğliqni barbod qiladi, ijobiy his-tuyğular esa, aksinça, uni mustahkamlaydi.