Katta iqtisodchi Barret Kupelyan Global Economy Watch’ning 2019 yilda jahon iqtisodiyotida old qatorlarga ko‘tarilish uchun kutilayotgan prognozlari bilan bo‘lishdi.

Barret Kupelyan

"2019 yil uchun uch shunday mavzuni aniqladik:

Global o‘sish sekinlashadi. 2016 yilning oxiridan 2018 yilning boshiga qadar jahon iqtisodiyoti mini-bum (kichik o‘sish)ni boshdan kechirdi, yirik iqtisodiyotlarda o‘sish kuzatildi, bu bosqich yakunlandi. 2019 yilda Katta Yettilik mamlakatlari uzoq muddatli o‘rtacha ko‘rsatkichlariga qaytishi kutilmoqda. AQShda soliq-budjet sohasining rag‘batlantirilishi kuchsizlanishi ehtimoli bor, nisbatan yuqori foiz stavkalari iste'mol xarajatlarini pasaytirishi mumkin, kuchli dollar esa avvalgidek toza eksportni orqaga tortadi. O‘sish mo‘'tadil - 2018 yildagi 2,8 foizdan 2019 yilda 2,3 gacha bo‘lishi kutilmoqda. Yevrohududdagi jahon savdosidagi va Brexit bilan bog‘liq taranglik salbiy ta'sir ko‘rsatadi. Bu vaqtda Yevropa Markaziy banki o‘sishni kamroq qo‘llab-quvvatlaydi, zero uning Miqdoriy yumshatish siyosati tugamoqda. Xitoydagi o‘sish ham 2018 yilga nisbatan sekinlashishi kutilmoqda. Hukumat sekinlashuv minimal darajada bo‘lishiga harakat qilsa-da, AQShdagi tariflarning ta'siri va qarzdorlik darajasini nazorat qilish zarurati o‘sish suratlarining hech bo‘lmaganida biroz mo‘'tadillashuviga olib keladi. Bozori shakllanayotgan mamlakatlar valutalari kuchli AQSh dollari tomonidan vaqti-vaqti bilan bosimga uchrashi mumkin, biroq yil davomida ta'sir kamayadi, bu AQSh iqtisodiyoti sekinlashganida oydinlashadi.

Ishchilar va ish haqi birinchi o‘ringa chiqadi. Iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarda ish o‘rinlarini yaratish sekinlashsa ham, mehnat bozorlariga bosim davom etadi. Bu maoshni oshirishi mumkin, biroq iste'dodlar yetishmovchiligini to‘ldirmoqchi bo‘lgan kompaniyalar uchun muammolar tug‘diradi. 2019 yilda ish o‘rinlarini yaratish yuqori sur'atni saqlab kelayotgan AQSh va Germaniyada ishsizlik darajasi biroz pasayishi kutilmoqda. Biroq boshqa ko‘plab mamlakatlar tuzilmaviy darajaga yetganlikni namoyish etishi mumkin. Bunga Kanada misolida isbot mavjud, u yerda ishsizlik 2017 yilning oxirida 5,8 foiz bilan 40 yillik minimum ko‘rsatkichga yetdi, biroq pasayishni davom ettira olmadi, bu esa o‘z navbatida ish haqi sur'atining jadallashishiga olib keldi. Niderlandiya, Daniya va Belgiya kabi boshqa mamlakatlar shunga muvofiq darajalarga yaqinlashmoqda, ularda ishsizlik darajasini pasaytirish sur'atlari keskin sekinlashmoqda. 2019 yilning oxiriga kelib Brexit tartibga solinishini nazarda tutib, Buyuk Britaniya ishsizlikning deyarli hozirgi darajada bo‘lishini ko‘rishi mumkin, biroq tartibli “kelishuvga erisha olmaslik” ishsizlikning sezilarli darajada o‘sishiga olib kelishi xavfi bor.