Rossiya va Yaponiya rahbarlari örtasidagi bölajak uçraşuvning asosiy mavzusi ikki davlatning harbiy hamkorligi, hattoki mamlakatdagi Amerika qöşinlari sonini qisqartiriş va Xokkaydo orolida Rossiya harbiy bazalarini joylaştiriş bölişi mumkin. Rossiya böyiça Yaponiyadagi taniqli mutaxassislardan biri, Tsukuba universiteti professori, siyosatşunos Itsuro Nakamura ana şunday fikr bildirdi.

"Oxir-oqibat tinçlik kelişuvi imzolanadi deb öylayman. Abe Ikkinçi jahon uruşi yakunlarini tan oladi. Hudud esa qanday bölsa şundayligiça qoladi. Ammo asosiy maqsad bu emas. Öylaşimça, Putinning asosiy maqsadi – Yaponiya bilan harbiy ittifoq tuziş. Va Xokkaydoda harbiy bazalarini joylaştiriş. Putin Okinavada Amerika, Xokkaydoda esa Rossiya bazalari bölişiga erişmoqçi. Bu uning yakuniy maqsadi", dedi ekspert.

Nakamuraning işonişiça, Yaponiya faqat mana şu yöl bilangina Rossiyaning Janubiy Kuril orollari Yaponiyaga beriladigan bölsa, u yerga Amerika bazalari joylaştirilişi mumkinligi haqidagi xavotirini olib taşlaşi mumkin.

"Abe hozir Putinni orollar Yaponiyaga qaytariladigan bölsa, u yerda Amerika bazalari bölmasligiga işontirişga urinmoqda, ammo hozirça bunga erişa olmadi. Rossiya va Yaponiya örtasida harbiy ittifoq tuzilsa hamda Xokkaydoda Rossiya harbiy bazalari joylaştirilsa bu işonçsizlik yöqqa çiqişi mumkin. Xitoy bilan yaxşi munosabatlar bilan bir qatorda Yaponiya bilan ham ana şunday munosabatlar örnatilişi Rossiyaga Uzoq Şarqni nazorat qiliş imkoniyatini beradi", deb hisoblaydi siyosatşunos.