Serbiyalik mutaxassis Lyubinko Druloviç Özbekiston olimpiya terma jamoasiga boş murabbiy qilib tayinlanadi. Bu haqda Kun.uz manbasi xabar bermoqda.

Avvalroq, ÖFA olimpiya terma jamoasini boşqariş uçun 4 nafar mutaxassis nomzodini örganib çiqayotgani va Druloviçdan taşqari ularning içida italiyalik Massimo Fiççadenti, ispaniyalik Xuan Sançes Makeda va xorvatiyalik Nenad Graçan borligi haqida xabarlar tarqalgan edi.

Yakuniy qarorga köra, bu lavozim 50 yoşli Druloviçga topşiriladigan böldi. Uning oldiga Tokio – 2020 olimpiadasi yöllanmasini qölga kiritiş vazifasi qöyiladi. Druloviçning murabbiylar ştabiga vatandoşlari Zavişa Miloslavleviç va Neboysa Topalov ham kiritiladi.

Ma'lumot örnida, Lyubinko Druloviç 1968 yilda tuğilgan. Murabbiylik faoliyatida Angolaning «Agoştu», Serbiyaning «Partizan» klublarini, Serbiya va BAA ösmirlar terma jamoalarini, Makedoniya terma jamoasini boşqargan. Serbiya U19 bilan Yevropa çempionatida ğalaba qozongan, BAA U19 bilan jahon çempionatiga çiqqan. 2013 yilda Serbiyaning eng yaxşi murabbiyi deb topilgan.

Özbekiston olimpiya terma jamoasi 2019 yilning 22-26 mart kunlari Toşkentda ötadigan Osiyo çempionati saralaşida iştirok etadi. Qur'aga köra, hamyurtlarimiz Hindiston, Tojikiston va Pokiston olimpiyaçilari bilan F guruhidan örin olgan. Saralaşdan ötgan jamoalar 2020 yil 8-26 yanvar oraliğida Tailandda bölib ötadigan Osiyo çempionatiga yöllanmani qölga kiritadi. Unda 16ta jamoa iştirok etadi, 1-3 örinni qölga kiritganlar Tokio - 2020 olimpiadasida qatnaşiş imkoniga ega böladi.