Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya Belorussiyani yuzlab million dollar zarar keltirayotganlikda aybladi
Rossiya Belarus hukumatini uchinchi mamlakatlarning sanksiyaga tushgan mahsulotlarini Belarus mahsulotlari ko‘rinishida reeksport qilishda aybladi. Rossiyaning Minskdagi elchisi Mixail Babichning ta'kidlashicha, bu harakat oqibatida Moskva muntazam ravishda yuzlab million dollar yo‘qotmoqda, deb yozadi «Interfaks».
«Rossiya uchinchi mamlakatlarning sanksiyaga tushgan mahsulotlarini Belarus mahsulotlari ko‘rinishida yetkazilayotganligi natijasida yuzlab million dollar yo‘qotishda davom etmoqda», — degan elchi.
Elchining so‘zlariga ko‘ra, Rossiya Belarusga qonunchilikka o‘zgartirishlar kiritish, aksiz va bojxona o‘zgarishlari, qonunbuzarlarga nisbatan huquqiy choralar ko‘rish borasida yordamlashishga tayyor. Ammo agarda Belarus tomoni qo‘llab-quvvatlamaydigan bo‘lsa, barcha choralar samarasiz bo‘ladi.
«Hamkasblarimiz bizni bu borada qo‘llab-quvvatlashlariga umid qilamiz va 2019 yilda bu muammoni hal qilish bo‘yicha sezilarli harakat qilishimiz lozim», degan u.
Mavzuga oid
21:48 / 03.07.2026
Ukraina Rossiyani tinchlikka majburlash operatsiyasini boshladi - NYT
21:11 / 03.07.2026
Britaniyalik siyosatchilar «Masha va Ayiq» multfilmini taqiqlashga chaqirdi
10:05 / 03.07.2026
Rossiya Ukraina shaharlariga yangi hujumlar uyushtirdi
09:55 / 03.07.2026