«Lokomotiv» klubi yarimhimoyaçisi Sardor Raşidov faoliyatini Yevropada davom ettiradi.

«Temiryölçilar» matbuot xizmati xabariga köra, 27 yoşli futbolçi Portugaliyaning «Nasonal» klubi bilan şartnoma imzoladi.

Ma'lumot örnida, Sardor Raşidov faoliyatida «Bunyodkor», Qatarning «Al-Jayiş», BAAning «Al-Jazira» klublarida ham öynagan. Özbekiston terma jamoasi safida 46ta öyinda maydonga tuşib, 12ta gol urgan.

Madeyra orolining «Nasonal» klubi Portugaliya çempionatining 17 turidan söng, 19 oçko bilan 18ta jamoa içida 12-örinni egallab turibdi.