Xitoy TIV rasmiy vakili Xua Çunin AQŞning yangi strategiyasiga munosabat bildirdi, u Rossiya va Xitoyni tiyib turiş uçun yadro qurolidan foydalanişni nazarda tutadi. Bu haqda TASS xabar qilmoqda.
Uning sözlariga köra, Qöşma Ştatlar köp bora boşqa mamlakatlardan qurollar işlab çiqiş bilan boğliq tadqiqotlarni kamaytirişni talab qilgan.
«Şu bilan birga, AQŞ öz ommaviy qirğin qurollarini rivojlantirişda davom etişi haqida ma'lum qilmoqda. Bu - ikki xil standartlar», - deya aytib ötdi Çunin.
Uning umid bildirişiça, AQŞ BMT Xavfsizlik kengaşining boşqa doimiy a'zolari bilan birgalikda global barqarorlikka kömaklaşadi.
Eslatib ötamiz, avvalroq AQŞ yadro qurolidan Rossiya va Xitoyni tiyib turiş uçun foydalanmoqçi ekani xabar qilingandi.
AQŞ raketalardan mudofaa böyiça yangi strategiyasi şuni nazarda tutadiki, bunda mamlakat yadro qurolini Rossiya va Xitoyni tiyib turişning asosiy vositasi sifatida körişda davom etadi.












