Toşkent şahrida “Özbekenergo” AJ boşqaruvi raisi Uluğbek Mustafoyev hamda Janubiy Koreyaning «KT Corporation» kompaniyasi vitse prezidenti Li Sang Ki örtasidagi uçraşuv bölib ötdi. “Özbekenergo” AJ matbuot xizmati şu haqida xabar berdi.

Uçraşuvda prezidentning 2018 yil 23 oktyabrdagi “Elektr energetikasi tarmoğini jadal rivojlantiriş va moliyaviy barqarorligini ta'minlaş çora-tadbirlari töğrisida”gi qaroriga muvofiq, elektr energiyasini hisobga oliş va nazorat qilişning avtomatlaştirilgan tizimi ma'lumotlarini qayta işlaş respublika yagona markazini taşkil etiş yuzasidan “Özbekenergo” AJ hamda Janubiy Koreyaning «KT Corporation» örtasida bitim imzolandi.

Joriy yilning 1 sentyabriga qadar foydalanişga topşirilişi közda tutilgan mazkur Markaz elektr energiyasini hisobga oliş va nazorat qilişning avtomatlaştirilgan tizimini, SCADA – avtomatlaştirilgan dispetçerlik boşqaruv tizimi hamda axborot boşqaruv tizimlari (ERP) boşqariladigan yagona respublika ma'lumotlarni qayta işlaş yönalişlarini qamrab oladi.
"Markaz respublika böyiça örnatilgan elektron hisoblagiçlardan iste'mol, tizimdagi elektr energiyasining sifat körsatkiçlari va hisoblagiçlarning holati töğrisida ma'lumotlarni yiğadi hamda qayta işlaydi, – deydi “Özbekenergo” AJ boşqaruvi raisi Uluğbek Mustafoyev. – Şuningdek, qayta işlangan ma'lumotlar asosida tizimning va har bir tizimga ulangan hisoblagiçlarning holati böyiça operatorga hisobot beradi. Bundan taşqari, transformatorlar kesimida tarmoqdagi yöqotişlar miqdorini tahlil qiliş va me'yoridan ortiqça yöqotişlar kuzatilganda hamda elektr hisoblagiçga elektr ta'minoti korxonasi xabarisiz taşqi ta'sir körsatilganda operatorni xabardor qiladi".
Ta'kidlaş joizki, davlat rahbarining 2018 yil 23 oktyabrdagi qaroriga muvofiq, 2021 yil yakuniga qadar 7 milliondan ortiq iste'molçilarning barçasi hamda elektr energiyasini işlab çiqaruvçi, yetkzib beruvçi va taqsimlovçi korxonalar yagona elektr energiyasini hisobga oliş va nazorat qilişning avtomatlaştirilgan tizimiga töliq ulanişi közda tutilgan.
















