Globallaşuvning asosiy omillaridan biri turli millat va elatlarning bir-biri bilan bevosita muloqoti hisoblanadi. Bunda çet tillarini jiddiy, intensiv, samarali örganiş muhim ahamiyat kasb etadi.
Aynan ana şu masala dolzarbligi, yaqin ikki yilda Özbekistonda tobora aktuallaşayotgan va intensivlaşayotgan xalqaro aloqalar, uçraşuvlar, konferensiya va seminarlardagi muloqotlar çoğida yaqqol közga taşlanmoqda. Ayrim hollarda bu muloqotlarning asosiy boğlovçisi – tarjimonlarning uquvsiz va hafsalasizligidan çet ellik mehmonlar oldida noqulay ahvolda qolyapmiz. Ilmiy daraja va unvonga ega bölgan çet tillar mutaxassislarning oğzaki va yozma tarjimalarida informatsiyaning muhim qismi tuşirib qoldirilayotgan vaziyatlar ham uçramoqda, deb yozilgan «Ma'rifat» gazetasida çop etilgan maqolada.
Özbekistonda tarjimonlar tayyorlaşni qoniqarli, deb bölmaydi. Masalaning tarixiga kelsak, yurtimizda çet tillari sifatida ğarb tillaridan asosan nemis, ingliz, fransuz, ispan, şarq tillaridan esa arab, fors, hind, xitoy, koreys tillari örganilayotganiga salkam 100 yil bölyapti. Bu tillarni örgatiş dastavval Toşkent hamda Samarqand davlat universitetlarida, keyinçalik Toşkent davlat pedagogika institutida boşlangan edi. 1948 yilga kelib alohida Çet tillari pedagogika instituti taşkil etildi. Öqitiladigan tillar örtasidagi özaro mutanosiblik hozirgiday ingliz tiliga 97 foiz, boşqa hamma tillarga 3 foiz emas, deyarli bir xil örin (kvota) ajratilar edi. Öşa paytlarda ona tilimiz bölmagan rus tili esa deyarli ikkinçi ona tili sifatida öqitilardi.
2012 yil 10 dekabrda «Çet tillarini örganiş tizimini yanada takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi Prezident qarori qabul qilindi. Unga binoan 2013 yildan xalq ta'limida çet tillarini öqitiş avvalgiday 5-sinfdan emas, balki 1-sinfdanoq yölga qöyilişi közda tutilgan. Bu, albatta, zamon talabi.
Biroq qarorda örganilayotgan çet tillari sifatida asosan degan urğu birgina ingliz tiliga qaratilganligi ança-munça munozarali holatga sabab böldi. Bu ingliz tilining xalqaro til ekanligi bilan izohlanadi. Natijada xalq ta'limi tizimidagi barça ta'lim muassasalarida asosan va hatto faqat ingliz tili öqitilişi joriy etildi. Maktablarda işlayotgan barça nemis va fransuz tili öqituvçilariga qisqa muddatli kurslarda malaka oşirib, ingliz tili öqituvçisi sertifikatini olib keliş, aks holda işdan böşaş şarti qöyildi. Bunday talabga hamma ham tayyor bölmagan.
Mavzuga oid
Natijada qariyb 5 mingga yaqin nemis va fransuz tili öqituvçilari işdan böşatildi. Busiz ham katta ijtimoiy muammoga aylanib borayotgan işsizlik oliy ma'lumotli malakali kadrlar hisobiga «köpaytirildi». Başarti, mamlakatda asosan ingliz tili öqitilişi kerak bölganda ham, masalaga bu tariqa biryoqlama yondaşmay, özgarişlarni bosqiçma-bosqiç amalga oşiriş kerak edi.
Maorifçilar «Ota-onalar xohlaşyapti» degan javob bilan özlarini oqlaşdi. Natijada mamlakatda 97 foiz ingliz tili öqitila boşlandi.
Til örgatişdan közlangan asosiy maqsad — çet tili yordamida uzoq va yaqin mamlakatlar, avvalo, rivojlangan davlatlar bilan özaro manfaatli hamkorlikni yölga qöyiş, şu yöl bilan öz mamlakatini turli jabhalarda rivojlangan davlatlar qatoriga olib çiqişdir.
Masalan, Özbekiston rivojiga bevosita hissa qöşayotgan davlatlardan biri Germaniya Federativ Respublikasidir. 1994 yilda imzolangan Germaniya — Özbekiston hamkorlik şartnomasi asosida ikki mamlakat uçun manfaatli qator loyihalar yölga qöyilgan. Jumladan, «MAN» yuk maşinalarini işlab çiqariş, Germaniyaning «Kemnits» zavodi töqimaçilik texnologiyasining paxtani qayta işlaşda qöllanilişi, ta'lim tizimidagi çet el fondlari — Konred Adenaur fondi, Fridrix Ebert fondi, Gyote instituti, Humboldt fondi. Bu röyxatni uzoq davom ettiriş mumkin.
Endi «Çet tillarini örganiş tizimini yanada takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi qaror loyihasida yölga qöyilgan salbiy holatlar nimalarda aks etişiga muxtasar töxtalsak.
Birinçidan, «Asosan örganiladigan çet tili maqomi»dan mahrum etilgan tillar va ularning vatani bölmiş Avstriya, Germaniya, Şveytsariya va Fransiyaning xalqaro maydon va Yevropa Ittifoqidagi örnini hisobga olmaslik.
Ikkinçidan, biz yuqorida tilga olingan iqtisodiy omilni inobatga olmaslik.
Uçinçidan, asosiy deb belgilangan va ikkinçi darajadagi boşqa tillardan didaktik tayyorgarliksiz (öquv-me'yoriy hujjatlar, dars işlanmalari) iş boşlaş. (Bu hujjatlar «poyezd yurib ketgandan» söng yilma-yil, yöl-yölakay tuzila bordi).
Törtinçidan, metodik xususiyatni nazarda tutmaslik. Çet tili öqitişni öquvçilarni nafaqat gapiriş hamda tinglab tuşuniş, ayni paytda öqiş va yozişga ham örgatişdan boşlaş lozimligi, nutq könikma va malakalarining özaro mutanosibligi buzilganligi (asosiy maqsad — gapiriş va tinglab-tuşunişga qaratilib, öqiş va yozişni butunlay unutiş) inobatga olinmaganligi. Natijada 1-sinf öquvçilari yil davomida darslikdagi topşiriq va maşqlarni öqib, bajariş tugul, hatto şu darslikning nomini ham töğri öqiy olmaydi. Ona tili tajribasiga asoslanib, notöğri talaffuz qiladi (bu didaktik vazifalarni öquvçilar heç qanday metodik tayyorgarligi bölmagan ota-ona yordamida bajarişi kerak emiş...) Bu esa xalqaro ta'limiy tajribani notöğri talqin qiliş va tuşunmaslik natijasidir.
Beşinçidan, ta'lim muassasalaridagi öquv şaroiti va vaziyatni hisobga olmaslik natijasida barça maktablar va sinflar ingliz tilini öqitadigan pedagog kadrlar bilan ta'minlanmagan.
Oltinçidan, ayrim viloyatlardagi universitetlar (Sirdaryo va Namangan)da nemis tili mutaxassisligi öqitilib turgan bir paytda barça maktablarda nemis tilini öqitiş umuman töxtatib qöyildi.
Yettinçidan, ingliz tilini öqitişni yölga qöyiş uçun 5000ga yaqin ingliz tili öqituvçilariga ehtiyoj hatto bugunga qadar (6 yildan buyon) töla qondirilmagan. Bu böşliqni töldiriş uçun esa sobiq nemis va fransuz tili öqituvçilari 4 oyda bir «yumalatilib», (tört yilda örgatolmagan va örganolmagan mutaxassislar ingliz tilini örgata oladi, degan sertifikat bilan) işga jalb qilindi.
Sakkizinçidan, nemis va fransuz tillarining dunyo tamaddunidagi ahamiyatiga e'tibor qilmaslik. Jumladan, nemis tili Yevropa Ittifoqining asosiy işçi tili maqomida, şuningdek, nemis tili fan va texnologiyalar tili hisoblanadi. Qolaversa, nemis tili Avstriya, Germaniya va Şveytsariyaning davlat tili, Lyuksemburg, Lixtenşteyn, janubi-şarqiy Fransiya, Şimoliy Italiya, Çexiya va Vengriya kabi mamlakatlarda yaşovçi nemiszabon xalqlarning kommunikatsiya tili ekanligi ham e'tibordan çetda qoldirilgan.
Töqqizinçidan, mamlakatimizga kelayotgan sayyohlarning asosiy qismi Yevropaning nemiszabon, farang hududlari vakillaridir.
Nemis tili ixtisosligi öquv rejasida pedagogika, psixologiya va metodika fanlariga Nizomiy nomidagi Toşkent davlat pedagogika universitetida boşqalarga nisbatan 3 baravar köp öquv kvotalari ajratilgan. Bu esa öqituvçi uçun juda zarur bölgan kasbiy tayyorgarlikni kafolatlaydi. Şu sababdan nemis tili öqituvçilarini tayyorlaş vazifasi asosan pedagogika universiteti va institutlari zimmasiga yuklatilmoği lozim. Ammo ayni paytda ahvol buning aksi.
Yetakçi pedagogika universitetida Germaniyaning Frayburg va Haydelberg pedagogika universitetlari bilan hamkorlik şartnomasi böla turib, önlab öqituvçi Germaniyada malaka oşirib, talabalar 1-semestrdan til örganib kelmoqda. Şunday bir paytda nemis tili bölimi va kafedrasi 2016 yilda tugatilgan, nemis tili öqituvçilari tayyorlaş esa asosan nopedagogik, jumladan, filologik yönalişdagi universitet va çet tillari institutlariga yuklangan.
Öqituvçilarni klassifikator böyiça va yetakçilik maqomiga ega bölgan maxsus pedagogik va metodik yönaltirilgan me'yoriy hujjatlarni yaratib berayotgan yetakçi pedagogika universitetlari va institutlari tayyorlaşi kerak. Biroq qator viloyatlar (Qaşqadaryo, Surxondaryo, Qoraqalpoğistondagi oliy öquv yurtlari)dagi nemis tili bölimi va kafedralarida nemis tili nazariyasi, uni öqitiş metodikasiga ixtisoslaşmagan, ilmiy darajasi, unvoni yöq öqituvçilar dars bermoqda.
Muxtasar qilib aytadigan bölsak, çet tillariga e'tibor berilayotgan bir paytda nemis tilining çet tillar orasidagi uluşini 3 foizdan 30 foizga kötariş kerak, deb hisoblaymiz.
Xurram Rahimov, Germaniyadagi Olmon-Özbek ilmiy jamiyati raisi,
Özbekiston nemis tili öqituvçilari assotsiatsiyasi raisi, professor
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi