Özbekiston Respublikasi prezidenti “Kon-metallurgiya tarmoği korxonalari faoliyatini yanada takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarorni imzoladi.

Hujjat bilan kon-metallurgiya tarmoğini isloh qiliş böyiça Respublika komissiyasi taşkil etilmoqda.

Quyidagilar Respublika komissiyasining (A.N.Aripov) asosiy vazifalari etib belgilandi:

a) 2019 yil 1 martga qadar “Navoiy KMK” DKni qayta taşkil etiş va korporativ boşqarişning zamonaviy usullarini tatbiq etiş, şuningdek mazkur qarorda nazarda tutilgan talablarni amalga oşiriş böyiça “Yöl xaritasi”ni tasdiqlaş;

b) kon-metallurgiya tarmoğining yirik korxonalarini rivojlantiriş, modernizatsiya qiliş va işlab çiqariş hajmlarini köpaytirişning uzoq muddatli dasturlarini jadal amalga oşiriş böyiça vazirliklar, idoralar va xöjalik boşqaruvi organlari faoliyatini muvofiqlaştiriş;

v) 2019 yil 1 mayga qadar kon-metallurgiya tarmoğining yirik korxonalariga berilgan soliq va bojxona imtiyozlarini qayta körib çiqiş va unifikatsiya qiliş böyiça takliflar tayyorlaş;

g) 2019 yil 1 iyulga qadar xalqaro moliya institutlari va konsalting taşkilotlarini jalb etgan holda quyidagilarning aksiyalarini mahalliy va xalqaro fond bozorlarida ommaviy ravişda birlamçi va ikkilamçi joylaştiriş orqali investorlarni jalb etişni nazarda tutuvçi Kon-metallurgiya tarmoğining yirik korxonalarini isloh qiliş va rivojlantiriş konsepsiyasini işlab çiqiş:

“Özbekiston metallurgiya kombinati” AJ - 2022 yilda;

“Olmaliq KMK” AJ - 2023 yilda;

aksiyadorlik jamiyati etib qayta taşkil etiladigan “Navoiy KMK” DK - 2023 yilda;

d) 2019 yil 1 dekabrga qadar “Navoiy KMK” DKni qayta taşkil etiş bilan boğliq jarayonlarni yakunlaş hamda yangi taşkil etiladigan aksiyadorlik jamiyatidagi davlat uluşini professional boşqaruv kompaniyalariga tanlov asosida işonçli boşqaruvga beriş böyiça taklif kiritiş.

Respublika komissiyasi a'zolariga mazkur qarorda belgilangan tadbirlarning samarali bajarilişi uçun şaxsiy javobgarlik yuklanadi.

“Navoiy KMK” DK Kuzatuv kengaşi:

a) Özbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boşqariş agentligi bilan birgalikda:

bir oy muddatda xalqaro maslahatçi va ekspertlarni jalb etgan holda “Navoiy KMK” DK mulklarini inventarizatsiya qiliş böyiça komissiya va “Navoiy KMK” DK tizimiga kiruvçi alohida tarkibiy bölinmalar böyiça işçi guruhlarni şakllantirsin, ularning vazifalari sifatida “Navoiy KMK” DKning barça aktiv va majburiyatlarini inventarizatsiyadan ötkaziş, şuningdek “Navoiy KMK” DK Kuzatuv kengaşiga va Agentlikka 2019 yil 1 mayga qadar muddatda işçi guruhlarning oraliq hisobotlarini hamda 2019 yil 1 iyulga qadar işçi guruhlar va komissiyaning yakuniy hisobotini taqdim etişni belgilaydi;