«Özbekenergo» kompaniyasi boşqaruvi raisi Uluğbek Mustafoyev Janubiy Koreyaning KT Corporation şirkatiga Markaziy Osiyo davlatlari hududida elektr energiyasi iste'molini nazorat qiliş va hisobga olişning avtomatlaştirilgan tizimini (ENHAT) birgalikda joriy etiş taklifi bilan çiqdi. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar bermoqda.
«Biz siz bilan birga Tojikiston, Turkmaniston, Afğoniston va Qirğiziston bozoriga çiqiş, mutaxassislarimizni öqitiş niyatidamiz», - dedi Mustafoyev KT Corporation kompaniyasi katta vitse-prezidenti Sungin Kim bilan uçraşuvda.
«Özbekenergo» rahbarining sözlariga köra, Markaziy Osiyo mamlakatlari «ENHAT tizimiga juda katta qiziqiş bildirmoqda». «Barça qöşnilarimiz uşbu loyihani kuzatib bormoqda. Uning Özbekistonda muvaffaqiyatli amalga oşirilişi biz uçun qöşni mamlakatlar bozorini oçadi. KT tarafidan texnologiyalar böladi, «Özbekenergo»dan - arzon işçi kuçi va oçiq bozor», - deya qöşimça qildi Mustafoyev.
2018 yilda prezident Şavkat Mirziyoyev işlab çiqariş quvvatlarini oşiriş, elektr tarmoqlarini modernizatsiya qiliş, 2018-2020 yillarda elektr energiyasini hisobga oliş va nazorat qilişni takomillaştiriş böyiça «yöl xaritasini» tasdiqladi. U yana 7,8 million iste'molçini ENHATga ulaşni nazarda tutib, tizim qamrovini 2021 yil oxirigaça abonentlar umumiy sonidan 100 foizga yetkazişni bildiradi. Loyiha KT Corporation bilan birgalikda amalga oşirilmoqda.
Eslatib ötamiz, 2011 yilda Osiyo banki mamlakatning uçta viloyati - Buxoro, Jizzax va Samarqandda 1 mln dona elektr energiyani hisobga oliş asboblarini örnatiş uçun Özbekistonga 150 mln dollar ajratgan. Umumiy qiymati 207,4 mln dollar bölgan loyihani 2018 yil oxiriga qadar amalga oşiriş rejalaştirilgandi.
Bundan taşqari, 2015 yilda OTB direktorlar kengaşi Andijon, Farğona, Qaşqadaryo, Namangan va Surxondaryo viloyatlarida ENHATni joriy etiş uçun Özbekiston hukumatiga 300 mln dollar miqdorida qöşimça kredit ajratişni ma'qulladi.

















