Özbekiston Prezidenti "Sud-ekspert faoliyatini takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida"gi qarorni imzoladi. Hujjatga muvofiq endi Özbekistonda nodavlat sud ekspertizasi taşkilotini yaratişga ruxsat etiladi. Ularga 44 turdagi sud ekspertizasini ötkaziş huquqi beriladi. 

Nodavlat sud-ekspert taşkilotlarining ekspertlari tölov asosida qayta tayyorlaş va malaka oşiriş kurslarida öqişadi. Kurs yakunlariga köra ular sud eksperti sertifikatini qölga kiritişadi, mazkur sertifikat ularning professional kompetentlik talablariga muvofiqligi va tegişli mutaxassislik böyiça malakaga ega ekanliklarini tasdiqlaydi. 

Sud eksperti sertifikatlarini olgan şaxslar haqidagi ma'lumotlar Adliya vazirligi saytiga joylaştiriladi. 

Nodavlat taşkilotlar ekspertizalari xulosalari davlat taşkilotlar xulosasiga tenglaştiriladi. 

Nodavlat ekspert taşkilotining ekspertiza xulosasidan norozi kişilar sud ekspertizasini ötkaziş uçun takroran davlat sud-ekspert muassasasiga murojaat qilişlari mumkin. 

Sud-ekspert faoliyati muvofiqlaştiruvi Adliya vazirligi zimmasiga yuklatildi.