Toşkent şahar IIBB boşliği Rustam Jörayev qonunçilikka kiritilayotgan tilançilikka oid özgarişlar böyiça izoh berdi.

“Albatta, qonun kuçga kirişi bilan biz darhol hamma tilançilarni qamaşga va javobgarlikka tortişga kirişmaymiz. Avvalo tuşuntiriş işlarini olib boramiz va eng muhimi tilançilik qilişga nima majbur qilayotganini aniqlaşga harakat qilamiz.

Bu ijtimoiy muammo böyiça biz doimiy kuzatuvlar olib boramiz va sizlarga bir narsani ta'kidlamoqçiman – tilançilarning 80-90 foiz öziga xos professionallar bölib, ularning heç narsaga muhtojligi yöq. Ular tilançilikni daromad manbaiga aylantirib olişgan bölib, bir kunda topayotgan pullari aksariyatimizning daromadimizdan köproq.

Qonunçilikdagi bu özgarişlarni tanqid qilganlar ham, tilançilarga açinganlar ham böldi. Lekin bunday javobgarlik dunyoning köplab davlatlarida bor. Bizda esa faqat voyaga yetmaganlarni tilançilikka jalb etiş töğrisida modda bor edi. Biz tilançilarni bölimlarga olib kelganimizdan söng tuşuntiriş işlari olib borardik va çiqarib yuborişga majbur bölardik. Ular esa heç qanday javobgarlik yöqligi uçun darhol yana öz joylariga borib tilançilikka kirişaverardilar”, - deya Rustam Jörayevning sözlaridan iqtibos keltirdi Kun.uz muxbiri.

Eslatib ötamiz, Özbekiston Respublikasi prezidenti joriy yilda “Özbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga jamoat tartibini ta'minlaş mexanizmlarini takomillaştirişga qaratilgan özgartiş va qöşimçalar kiritiş töğrisida”gi qonunni imzoladi. Unga köra tilançilik ozodlikdan mahrum qiliş jazosiga sabab bölişi mumkin.