18 yanvardan 19 yanvarga ötar keçasi Nyu-York ştatining Verona şahrida ötgan boks keçasining töqnaşuvlaridan birida Rio-2016 Olimpiadasi çempioni, özbekistonlik Fazliddin Ğoyibnazarov dominikanlik boksçi Rikardo Garsiyaga qarşi ringga çiqdi.
Jangning 3-raundida Ğoyibnazarov raqibini nokdaunga uçratdi. Keyingi raundning boşida Garsiya yana yiqildi, biroq hakam uni sirpanib ketdi, deb topdi. Ğoyibnazarov jangni muddatdan avval tugatişga harakat qildi va oxir-oqibat dominikanlik jamoasi jangni davom ettirmaslikka qaror qildi.
Bungaça hamyurtimiz professional ringda 6 ta jang ötkazib, ularning barçasini öz foydasiga hal qilgandi (3 ta nokaut). Rikardo Garsiya esa 19 marotaba jang qilib, 14 marotaba ğalaba qozongan (9 ta nokaut). 4 ta jangda mağlub bölgan, bitta bahsda durang qayd etgan.












