YuNESKO, Me'morlar xalqaro ittifoqi (UIA) bilan birgalikda, Rio-de-Janeyro (Braziliya) 2020 yilda jahon arxitekturasi poytaxti bölişini e'lon qildi. Taşkilotning veb-saytida çop etilgan hisobotda jahon arxitekturasi poytaxtini tanlaş taşabbusi YuNESKO va UIA'ning şahar muhitida arxitektura merosini saqlab qolişga bölgan umumiy intilişidan kelib çiqqani ta'kidlangan.
«Ötkazilajak turli tadbirlar tufayli, jahon me'morçiligi yangi poytaxti – Rio-de-Janeyro şaharlarning barqaror rivojlaniş dasturi doirasida arxitektura va madaniyat muhim rol öynaşini namoyiş eta oladi», – deydi YuNESKOning madaniyat böyiça boş direktorining örinbosari Ernesto Ottone.
YuNESKO xabariga köra, taşkilotning şeriklik şartnomasi va me'morlar uyuşmasiga muvofiq, har uç yilda ötkazilişi belgilangan UIA'ning Jahon Kongressi Rio-de-Janeyroda bölib ötadi, şuningdek, xavfsizlikni mustahkamlaş va barqaror şahar rivojlanişini ta'minlaşga qaratilgan saralama tadbirlar ham ötkazilişi rejalaştirilgan.
«Jahon me'morçiligi poytaxti bugungi global muammolarni madaniyat, madaniy meros va şaharsozlik nuqtai nazaridan muhokama qiliş uçun xalqaro maydonga aylanişi möljallangan», – deyiladi YuNESKO xabarida.
Özbekistonda esa YuNeSKO bilan işlar juda yaxşi emas. 2018 yili Şahrisabz tarixiy markazining YuNeSKO Umumjahon merosi röyxatidan çiqarilişi YuNeSKO Umumjahon merosi qömitasi (UMQ)ning 42-sessiyasida favqulodda muhokama etilgandi.
Öşanda Özbekiston Boş vazir örinbosari qömita a'zolariga Özbekiston hukumati madaniy merosni saqlab qoliş uçun «yöl xaritasi»,şuningdek YuNeSKOning Toşkentdagi vakolatxonasi bilan hamkorlikda Xalqaro maslahatçi ekspertlar guruhini tuziş rejalari haqida gapirgan. Uzoq muhokamalardan söng, Şahrisabz röyxatda qolişi ma'lum qilindi.
Ma'lumot uçun, Özbekiston BMTning Ta'lim, fan va madaniyat böyiça taşkiloti – YuNeSKOga 1993 yil 26 oktyabrda a'zo sifatida qabul qilingan. Şu kunga qadar, mamlakat hududidagi 4ta tarixiy-madaniy qiymatga ega markazlar – Içan qal'a, Şahrisabzning tarixiy markazi, Samarqand, Buxoroning tarixiy markazi YuNeSKO alohida röyxatiga olingan. Şuningdek, Qozoğiston, Qirğiziston va Özbekiston umumiy çegarasida joylaşgan Tyan-Şan tabiat maskani uşbu röyxatga kiritilgan.












