Bugun “Yoshlar press klubi”da Özbekiston yoshlar ittifoqining 2018 yildagi faoliyati sarhisobiga bağişlangan brifing bölib ötdi. Ommaviy axborot vositalari vakillari uçun ötkazilgan brifingda Markaziy Kengaş raisining birinçi örinbosari Alişer Sa'dullayev yillik sarhisob yuzasidan batafsil ma'lumot berdi.

Çunonçi, Ittifoq qoşida yoshlar taşabbuslari asosida 26 ta turli yönalişdagi taşkilotlar faoliyati yölga qöyildi. Jumladan, Yoş ijodkorlar kengaşi, Imkoniyati çeklangan yoshlar va bolalar markazi, Yoşlarga ijtimoiy-psixologik xizmat körsatiş markazi, Yoshlar naşriyot uyi, Yoş kinoijodkorlar kengaşi, Yoş dizaynerlar kengaşi, Yoshlar fermerlar kengaşi, Yoş olimlar kengaşlari şular jumlasidan.

27 iyun kuni Davlatimiz rahbarining “Yoshlar – kelajagimiz” Davlat dasturi töğrisida”gi PF-5466-sonli farmoni qabul qilinib, bunga muvofiq “Yoshlar – kelajagimiz” jamğarmasi faoliyatining yölga qöyilgani, “Yoshlar – kelajagimiz” jamğarmasidan imtiyozli kredit olib, öz biznesini yölga qöygan yoş tadbirkorlarga 1 ming 66 nafar yoş fermerga 52 milliard söm, yoş tadbirkorlarning 4 ming 300 ta loyihasiga 226,6 milliard söm, jami 278,6 milliard söm 13 foizlik imtiyozli kreditlar ajratilişi ta'minlandi.
Birinçi bor 30 iyun – “Yoshlar kuni” yurtimizda nişonlandi Unda 3 millionga yaqin yoshlar iştirok etdi. Şuningdek, ilk bor “Mard öğlon” Davlat mukofoti hamda “Kelajak bunyodkori” medallariga tengdoşlariga örnak bölayotgan 42 nafar yigit-qizga topşirildi. 41 nafar yoş “Özbekiston belgisi” kökrak nişoniga loyiq topilib, mukofot bilan taqdirlangan bölsa, yil davomida alohida faollik körsatgan 17 nafar yoshlar “Özbekiston yoshlar ittifoqi mukofoti”ni qölga kiritgani, Özbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boşqaruvi akademiyasi qoşida taşkil etilgan Yoshlar muammolarini örganiş va istiqbolli kadrlarni tayyorlaş institutida 500 nafarga yaqin tinglovçi tahsil olib, malaka oşirişga muvaffaq bölgani birgina mana şu ötgan 2018 yildagi yutuqlarning deboçasi desak mubolağa bölmaydi.
Yana bir jihat Özbekiston Respublikasi Qurolli Kuçlari va huquqni muhofaza qiliş organlari tizimida Özbekiston yoshlar ittifoqi boşlanğiç taşkilotlari faoliyati yölga qöyilib, harbiylar va tizimdagi yoş xizmatçilarning Özbekiston yoshlar ittifoqiga a'zo böliş mexanizmining huquqiy asosi yaratildi. 2018-2021 yillarda qurilişi rejalaştirilgan 8 ming 600 ga yaqin köp qavatli “Yoshlar uylari”dan 848 tasining kaliti yoş oilalarga topşirilişi,















