Har safar yangi yil kirib kelişi oldidan odamzod yaxşi niyatlar qiladi, kelgusi yilda ezguliklarga umid boğlaydi. Ammo afsuski orzularimizning, yoki belgilangan rejalarning hammasi ham amalga oşavermaydi.

Bu öziga xos reyting ham internet olamidagi muhokamalarga asoslangan va tabiiyki biror rasmiy ma'lumotlarga tayanmagan. Şu bois, «söngan umidlar»ning bu tarzda joylaşuvi ayrim öquvçilarimizga töğri tuyilmasligi ham mumkin. Lekin urinib köramiz.

7. Çiroq öçişi yana odatiy holga aylandi

Jadal islohotlar natijasi ölaroq 2017 yilda respublikaning barça viloyatlarida elektr ta'minoti yaxşilangani hamma his qilgan edi. Ammo 2018 yil oxiriga kelib yana uzilişlar kuzatila boşlandi. Bu holat elektr energiyasi Qirğizistondan import qilinişi töxtagani bilan boğlandi.

Umuman, «svet öçişi» Özbekistonning yangi tarixida ham odatiy holga aylanib ulgurgan. Ayniqsa, aholi ziç bölgan vodiy ahlining umidlari bir yonib, yana öçgan.

6. Metanga kilometrlik navbatlar

Yana vodiy, yana öşa holat... Ötgan yillarda ham qiş oylarida bu vaziyat kuzatilgan va öşanda keyingi yillarda bunday holat röy bermasligi uçun oldindan harakat qilinişi haqida eşitilar-eşitilmas va'dalar berilgandi.

Ammo «har izğirin şu bölar takror» deganlaridek, yana quvurlarda gaz «qotib qoldi», yana 5-6 kilometrlik navbatlar paydo böldi va ular kundan-kunga uzayib bormoqda.

5. Arzon aviataşuvlar

Özbekistonning 33 milliondan ortiq aholisi bölgani holda birorta loukosteri yöqligi haqidagi gap-sözlar ançadan beri yurardi. Aqtöbedagi avtobus yonğinida 52 nafar yurtdoşimiz jizğanak bölib, ayançli ölim topganidan söng bu masalaga juda jiddiy yondaşildi. Arzon aviataşuvlarni yölga qöyiş böyiça qator yiğilişlar böldi. Ammo bu rejalarning birortasi 2018 yilda amalga oşmadi, mavsumiy qisqa muddatli aksiyalarni aytmasa, yetakçi yönalişlarda narx tuşişi kuzatilmadi.