Özbekiston Davlat statistika qömitasida Özbekistonliklar 2018 yilda olgan örtaça iş haqi miqdori ma'lum qilindi.  

Qömita ma'lumotlariga köra, 2018 yilning yanvar-dekabr oylarida Özbekiston böyiça örtaça nominal hisoblangan iş haqi 1 822,2 ming sömni (jumladan, iş haqiga ustamalar, mukofot pullari, rağbatlantiruvçi tölovlar, kompensatsiya tölovlari va işlanmagan vaqt uçun tölovlar, jismoniy şaxslardan olinadigan daromad soliği, ijtimoiy suğurta va kasaba uyuşmalari jamğarmalariga badallar) taşkil qilgan va 2017 yilga nisbatan 25 foiz köproqni taşkil qilgan.

2018 yilda 2017 yilga nisbatan iqtisodiy faoliyat turlari böyiça iş haqi eng köp miqdorda axborot va aloqa sohasida (33,8 foiz), sanoatda (30,6 foiz), bank, suğurta, lizing va kredit-vositaçilik faoliyatida (29,9 foiz) va qurilişda (29,2 foiz) oşgan.

Örtaça nominal hisoblangan iş haqi hududlar kesimida köriladigan bölsa, eng yuqori daraja Toşkent şahrida - 2570,4 ming söm (respublika böyiça örtaça körsatkiçning 141,1 foizini taşkil qiladi), Navoiy viloyatida - 2371,0 ming söm (130,1 foiz) va Toşkent viloyatida - 2063,1 ming söm (113,2 foiz), eng past körsatkiç Samarqand viloyatida – 1431,3 ming söm (78,5 foiz) va Namangan viloyatida - 1434,5 ming söm (78,7  foiz) kuzatilmoqda.