Özbekistonda 20ta turli vazirlik va idoralarga qaraşli 12 mingdan ziyod kutubxona mavjud. Ularda jami 23 milliondan ortiq kitob saqlanadi. Istagan odam yoşi, qiziqişlaridan kelib çiqqan holda, kitob mutolaa qilişi mumkin. Şular orasida aholining eng yoş qatlami uçun xizmat qiladigan respublika bolalar kutubxonasi ham bor.

Qiziği şundaki, kutubxonaning potensial auditoriyasi bölgan boğça va maktab yoşidagi bolalarning ota-onalari bunday kutubxona borligi haqida töliq ma'lumotga ega emas.

Şunaqa kutubxona borligini bilasizmi?

Ijtimoiy tarmoqda ötkazilgan sörovnomaga köra, ota-onalarning 32 foizi kutubxona haqida eşitgan, lekin farzandini unga yönaltirmagan, 11 foiz ota-ona esa kutubxona faoliyati haqida axborotga umuman ega emas. Qolganlar farzandlari kutubxona va uning joylardagi filiallari xizmatlaridan foydalanişini ma'lum qilişdi.

Kutubxonaning faoliyati, unda yölga qöyilgan xizmatlar bilan aholini yaqindan taniştiriş maqsadida muassasa ma'muriyati bilan suhbatlaşdik.

Respublika bolalar kutubxonasi 1965 yilda Alişer Navoiy nomidagi davlat kutubxonasining «Ösmirlarga xizmat körsatiş bölimi fondi» negizida Vazirlar Mahkamasining qaroriga asosan, viloyatlardagi bolalar kutubxonalari uçun ilmiy-uslubiy markaz sifatida taşkil etilgan.

220 mingdan ortiq kitob zaxirasiga ega bölgan kutubxona boğça yoşidagi bolalardan tortib umumta'lim maktablarining yuqori sinf öquvçilarigaça faoliyat körsatadi. Bolalar bilan birga kelgan ota-onalar mutolaasi uçun möljallangan kitoblar ham mavjud. Şuningdek, yaqin atrofda istiqomat qiladigan keksa nafaqaxörlar ham kutubxonaning faol foydalanuvçilari.

Audiokitobdan tortib elektron kataloggaça...

Kutubxona direktori Doniyor Örolov kitobxonlar uçun yaratilgan turli şaroitlar bilan taniştirdi.

– Öquvçilar bepul obuna bölgan holda, özlariga yoqqan kitobni uyga olib ketib mutolaa qilişlari mumkin. Bolalar uçun bepul ingliz tili va rasm çiziş tögaraklarini taşkil qilganmiz. Özimiz yölga qöygan kiçkina studiyada audiokitoblarni yozib, disk körinişida ham taqdim etamiz. Audio körinişidagi va elektron formatga ötkazilgan kitoblar kitob.uz, odob.uz, taqvim.uz saytlariga joylaştirib boriladi.