Dunyodagi milliarderlar soni oxirgi 10 yil içida deyarli 2 barobarga köpaygan va 2018 yilda 2208 kişiga yetgan, ularning boyligi har kuni 2,5 mlrd dollarga köpayib borgan. Bundan xalqaro xayriya va gumanitar taşkilot Oxfam’ning Davosdagi Xalqaro iqtisodiy forum oldidan tayyorlagan tadqiqotida aytilgan.

Taşkilot ma'lumotlariga köra, bu guruh odamlarining boyligi ösişi yiliga 900 mlrd dollarni taşkil qilgan va hozirda milliarderlarning umumiy boyligi tarixdagi eng köpi hisoblanadi. Ta'kidlanişiça, 2017 yildan 2018 yilgaça dunyoda har ikki kunda yangi milliarder paydo bölgan. 

Şu bilan birga Oxfam xavotirli trendni qayd qilgan: dunyoning 3,8 mlrd eng noçor odamlarining moliyaviy ahvoli ötgan yil içida mutlaq yaxşilanmagan. 

Taşkilot olingan natijalarni taqqoslab, dunyoning eng boy 26 odamining umumiy boyligi 3,8 mlrd eng noçor odamning umumiy boyligiga tengligi haqidagi xulosaga kelgan. Tadqiqotda ta'qidlanişiça, dunyoning amaldagi eng boy odami Jyeff Bezosning boyligi 112 mlrd dollargaça köpaygan va bu boylikning bir foizigina 105 mlnlik aholiga ega Efiopiyaning soğliqni saqlaş budjetiga tengdir.

Oxfam (Oxford Committee for Famine Relief) taşkiloti 1942 yilda Oksfordda oçarçilikdan aziyat çekuvçilarga yordam beriş maqsadida taşkil etilgan. Ayni vaqtda bu xayriya taşkiloti dunyoning 90 dan köproq davlatida işlovçi 17 ta taşkilotdan taşkil topgan. Taşkilotning maqsadi noçorlik muammolari va u bilan boğliq adolatsizlikni hal qilişdan iborat.