Osiyo Kubogida yana bir çorak finalçi aniqlandi. 20 yanvar kuniga belgilangan nimçorak finalning uçinçi uçraşuvida Eron Ummonni 2:0 hisobida mağlubiyatga uçratdi.
Abu Dabi şahridagi «Muhammad Bin Zayd» stadionida bölib ötgan öyinning ikkinçi daqiqasidayoq eronliklar darvozasiga penalti belgilandi. Ammo ummonliklar jamoasi sardori Ahmad Al-Mahajriyning zarbasini darvozabon bartaraf etdi. Birinçi bölim davomiida Jahonbaxş va Dejagoh tomonidan urilgan gollar eronliklarni keyingi bosqiçga olib çiqdi.
Karluş Keyruş şogirdlari guruh bosqiçida D guruhida birinçi örinni egallagan, Ummon Özbekiston bilan bitta guruhda iştirok etib, uçinçi örin bilan pley-offga çiqqandi. Endi ummonliklar turnirdagi iştirokini yakunlab, uyga qaytadi, turnir ğolibligi uçun asosiy favoritlardan biri sanalayotgan Eron terma jamoasi esa 24 yanvar kuni çorak finalda Xitoyga qarşi öyinda yarim final yöllanmasi uçun kuraş olib boradi.
Osiyo Kubogi
1/8 final
Eron – Ummon 2:0
Gollar: 1:0 – 32 Jahonbaxş, 2:0 – 41, penalti Dejagoh.
Eron – Beyranvand, Puraliganji, Muhammadi, Rizoyan, Husayni, Ebrahimi, Dejagoh (Goddos, 78), Amiri, Jahonbaxş (Çaşmiy, 69), Ozmun (Şojaiy, 88), Taremi.
Ummon – Ammar Ar-Ruşaydiy, Muhammad Al-Musallamiy, Xolid Al-Barakiy, Saad Al-Muhayniy, Saloh Al-Yahyoiy (Xolid Al-Hajriy, 46), Ali Al-Busaydiy, Harib Al-Sa'diy, Ahmad Al-Mahajriy (Muhsin Al-Holdiy, 81), Saad Al-Muhayniy, Muhsin Al-Hassaniy (Muhammad al-Hassaniy, 88), Jamil Al-Yahmadiy.
Ogohlantirişlar: Hussayni (2), Al-Musalamiy (59), Amiri (65).












