Prezidentning joriy yilning 18 yanvaridagi Hindistonga amaliy taşrifi ikki davlat örtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlaşga xizmat qilmoqda. Jumladan, Hindistonning Gandinagare şahrida bölib ötgan “Jöşqin Gujarat” IX xalqaro investitsiya sammitida sarmoyadorlarni Özbekistonga jalb qiliş, turli sohalarda istiqboli loyihalarni amalga oşiriş böyiça davlat rahbarimizning ilgari surgan qator taklif va taşabbuslari ölaroq Özbekiston hukumati delegatsiyasi a'zolari mezbonlar bilan ilğor texnologiyalar va bilimlar almaşişga doir kelişuvlarga erişdilar.

Xususan, Özbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlaniş va Qişloq xöjaligi vazirliklari hamda Gujarat ştatiga çegaradoş bölgan Maxaraştra ştatidagi gibrid va genetik modifikatsiyalangan (GM) uruğlarini işlab çiqariş, qayta işlaş va sotiş bilan şuğullanuvçi Nath Bio-Gens, Ltd kompaniyasi bilan Andijonda özbek-hind qöşma uruğçilik klasterini taşkil etişga kelişdilar.

Innovatsion rivojlaniş vaziri Ibrohim Abdurahmonov, qişloq xöjaligi vaziri örinbosari Saidkamol Xöjayev hamda Nath Bio-Gens, Ltd kompaniyasi rahbari Satiş Kaxlivaz imzolagan hujjatga asosan, Özbekistonda uruğ yetiştiriş uçun yer maydoni ajratilib, davlat-xususiy şerikçilik asosida uruğçilik klasteri öz faoliyatini boşlaydi. Bunda uruğlarni köpaytiriş va tayyorlaş uçun hindistonlik mutaxassislarga mahalliy ekin navlarining murtak plazmalari va yurtimizda yaratilgan ekin navlari bilan işlaş imkoniyati beriladi.

Nath Bio-Gens kompaniyasi uruğ yetiştirişdan to ularni sotişgaça bölgan barça bosqiçlarni öz içiga oluvçi zamonaviy tizimni yaratiş uçun töğridan-töğri investitsiyalar kiritadi, şuningdek uruğlarni yangi navlarini taqdim etadi, Özbekiston qişloq xöjaligida uruğlarni tijoratlaştiriş mexanizmlari böyiça amaliy maslahatlari bilan sohani rivojlantirişga hissa qöşadi.

Hindistondan Özbekistonga paxta, buğdoy, pomidor, kartoşka, yeryonğoq, loviya va sabzavotlar kabi eng muhim qişloq xöjaligi ekinlari böyiça uruğçilik sohasidagi yangi innovatsiyalar olib kiriladi, bu yönalişdagi tijoratlaştiriş işlari ham birgalikda amalga oşiriladi.

Yaqin kunlarda hind mutaxassislari yurtimizga taşrif buyurib, uruğçilik sohasida amalga oşirilayotgan işlarni örganib, baho beradilar, hamkorlikka doir masalalar esa yanada batafsil muhokama etiladi.

Şu bilan bir qatorda, yangi tuzilajak klaster doirasida fermerlar uçun muhim va foydali bölgan har qanday innovatsiyalarni kiritiş orqali qişloq xöjaligining rentabelligini oşiriş, mahsulotlarning sifatini yaxşilaşga erişiş közda tutilgan.