Özbekiston Respublikasining xalqaro reytinglardagi va alohida tarkibiy indikatorlardagi örnini yaxşilaş uçun mas'ul vazirlik va idoralar röyxati tasdiqlandi, deb yozmoqda Norma.

Özbekistonning xalqaro reytinglardagi örnini oşiriş masalasi – mamlakat rahbariyatining diqqat markazida. Sönggi paytda uşbu yönalişda faol iş olib borilmoqda.

Eslatib ötamiz, 2018 yil may oyida tegişli çora-tadbirlar kompleksi muhokama qilingan edi. Idoralararo muvofiqlaştiruvçi işçi guruh hamda aniq: iqtisodiy, sud-huquq va ijtimoiy-siyosiy yönalişlarga qaratilgan alohida işçi guruhlarni taşkil etiş taklif qilingan edi. Işlab çiquvçilarning fikriga köra, ustida işlaş zarur bölgan reytinglarning özi töqqizta edi. Şarhda uşbu reytinglarni tuziş uslubiyati va ular doirasida baholaş mezonlari, şuningdek respublikaning dolzarb (öşa paytda) pozitsiyasi haqida söz yuritgan edik.

Biroq birmunça boşqa xatti-harakatlar rejasi qabul qilindi:

birinçidan, qöşimça işçi guruhlarni taşkil etmaslikka qaror qilindi, bu idoralararo kollegial organlarni tubdan qisqartiriş va yanada optimallaştiriş böyiça konsepsiyaga muvofiq keladi.
 
Buning örniga vazirlik va idoralarda xalqaro reytinglar böyiça faoliyatni amalga oşiriş uçun mas'ul bölgan ixtisoslaşgan bölinmalar taşkil etiladi. Bu masaladagi nazorat-muvofiqlaştiriş işi esa prezident Administratsiyasining Prezidentning islohotlarni huquqiy ta'minlaş va huquqni muhofaza qiliş faoliyatini muvofiqlaştiriş masalalari böyiça maslahatçisi bölinmalari tuzilmasida taşkil etilgan Xalqaro reytinglar bilan işlaş va «Elektron hukumat» tizimini joriy etiş işlarini muvofiqlaştiriş şö'basiga yuklatildi;
 
ikkinçidan, avvalboşdan amalga oşirilişi rejalaştirilgan işlar kölami ança kengaytirildi. Tasdiqlangan röyxatda tarkibiy indikatorlarga bölingan 15 ta reyting (indeks) mavjud. Loyihada qayd etilganidan taşqari, unda quyidagilar ham bor: Logistika samaradorligi indeksi, Elektron hukumatni rivojlantiriş indeksi, Statistik salohiyat indeksi, Sanoat raqobatbardoşligi indeksi, Investitsiyalarni tartibga solişning çeklanganligi indeksi va Innovatsiyalar global indeksi.
 
LBMA «Doing Business» yillik reytingida mamlakatimiz körsatkiçlarini yaxşilaş uçun mas'ul idora etib belgilangan. 2018 yildagi tegişli Yöl xaritasi bilan soliştirganda reytingning alohida indikatorlari doirasida işlarni bajaradigan organlar özgarmagan. Biroq idoralarning umumiy röyxatida Davlat raqobat qömitasi qayta taşkil etilgani aks ettirilgan. Şuningdek unga ötgan yili baholanmagan ikkita indikator: davlat xaridlari (Moliya vazirligi) va mehnat bozorini tartibga soliş (Mehnat vazirligi) qöşilgan.