Saudiya Arabistoni boş murabbiyi Xuan Antonio Pitssi Osiyo Kubogi nimçorak finalida Yaponiyaga qarşi keçgan va 0:1 hisobidagi mağlubiyat qayd etilgan öyindan keyin ötkazilgan matbuot anjumanida iste'foga çiqişi haqida e'lon qildi. Çililik mutaxassis şartnoma uzaytirilmasligini tasdiqlagan.
Ayni vaqtda 50 yoşda bölgan mutaxassis Saudiya Arabistoni terma jamoasi boşqaruviga 2017 yil kuzida kelgandi, u öşanda lavozimda 2 oy işlagan Edgardo Bausuni almaştirgandi.
Pitssi muqaddam Çili terma jamoasi bilan işlagan va 2016 yilda Amerika Kubogida ğalaba qozongandi. Çililiklar JÇ-2018 turniriga yöllanma ololmagaç, u öz lavozimini tark etgan.
U turli yillarda «Universidad Katolika», «Rosario Sentral», «San-Lorenso», «Valensiya» va boşqa klublarda ham işlagan.












