«Ayaks» yarimhimoyaçisi Frenki de Yong faoliyatini «Barselona»da davom ettiradi.

Mundo Deportivo naşri xabariga köra, kataloniyaliklar klubi prezidenti Jozep Bartomeu boşçiligidagi delegatsiya ayni vaqtda muzokaralarni yakunlaş uçun Amsterdamda bölib turibdi.

Goal naşri ma'lumotida aytilişiça, 21 yoşli futbolçi «Barselona»da eng köp maoş oluvçi futbolçilardan biri bölişi kutilmoqda. Katalonlar klubi unga yiliga 10 million yevro tölaşga tayyor, şuningdek öyinlar soni va sovrinlar uçun 6 million yevro miqdorida bonuslar közda tutilgan.

«Barselona» odatda yoş futbolçilarga köp miqdorda maoş bermaydi, ammo «Barsa» rahbariyati de Yong borasida istisno qilişga qaror qilgan.

Bundan avvalroq, de Yong katalonlar klubini tanlagani haqida xabar berilgandi. «Barselona» «Ayaks»ga 21 yoşli futbolçi transferi uçun 75 million yevro tölaydi. Unga «Pari Sen-Jyermen», «Mançester Siti» va «Yuventus» kabi grand klublar ham jiddiy qiziqiş bildirişgandi.