Bugun, 23 yanvar kuni, soat taxminan 13.00da Toşkent xalqa avtomobil yölining Yaşnobod tumanidagi “Vodiy” kafesi yonidan ötgan qismida “KamAZ” va “Jiguli” maşinalari iştirokida yöl transport hodisasi sodir etildi.
“KamAZ” haydovçisi, 28 yoşli Salohiddin Yu. oldinda harakatlanayotgan avtomobillarni quvib ötiş çoğida boşqaruvni yöqotgan va yöl çetida turgan “Jiguli” yengil avtomobili bilan töqnaşgan. YTH natijasida “KamAZ” ağanab, unga ortilgan qoplardagi şakar mahsuloti pastga tökilgan.
Yöl transport hodisasi natijasida heç kim jabrlanmagan: “Jiguli” avtomobilida töqnaşuv paytida heç kim bölmagan, “KamAZ” haydovçisi ham soğ-salomat, deyiladi IIBB xabarida.
Eslatib ötamiz, avvalroq Kun.uz’da “Qöyliqda şakar töla “KamAZ” “Jiguli” ustiga ağanadi” nomli xabar va voqeadan keyingi vaziyat tasvirlangan videolavha e'lon qilingan edi.












