«Yuventus» 27 yoşli futbolçini bir mavsumga ijaraga olgan, kelişuvga köra ijara muddati yana bir yilga uzaytirilişi ham mumkin.
Turinliklar klubi 27 yoşli ispaniyalik futbolçining ijarasi uçun 10 mln yevro tölaydi. Şuningdek, şartnomada «Yuventus» hujumçini 45 mln yevroga sotib oliş huquqiga egaligi ham körsatilgan. Bu miqdor uç yil davomida tölab beriladi.
Ijara şartnomasini uzaytiriş uçun «Yuventus»ga yana 10 million yevro tölaşi kerak böladi, sotib oliş uçun belgilangan keyingi narx esa 35 million yevroga tuşadi.
OAV ma'lumotiga köra, Morataning yillik maoşi miqdori 7,5 million yevroni taşkil etadi.
«Yuve» Morata uçun begona emas. U turinliklar safida 2014 yildan 2016 yilgaça öynagan va 27ta gol, 18ta assistni öz hisobiga yozdirib qöygan.











