Çempionlar ligasining pley-off bosqiçidan VAR (videotakrorlar) tizimi joriy etilgaç, hakamlarning boşi ğavğodan çiqmay qoldi. Bu yangilik katta mojaro bilan yakunlanişi aniqqa öxşamoqda.
«Atletiko» – «Yuventus» uçraşuvida ham bir neça bahsli holatlar kuzatildi. Öyinning birinçi bölimida mezbonlar hujumçisi Diyego Kosta italiyaliklar jamoasi jarima maydoniga kirib borib yiqildi. Bu vaziyatda Matteo di Şilo bilan yakkakuraşga kirişgan ispaniyalik hujumçi avvaliga hakamni penalti borligiga işontira oldi.
Avvaliga 11 metrlik nuqtani körsatgan germaniyalik hakam Feliks Tsvayr videohakamlar ma'lumotidan keyin qarorini özgartirdi va penalti örniga jarima zarbasi belgiladi. Stadiondagi katta ekranda «fol yöq, penalti yöq» yozuvi porladi. Töliq absurd! Di Şilo fol qilmagan bölsa, unda jarima zarbasi qayerdan paydo böldi?
Eng qiziği takrorda «Yuventus» futbolçisi fol işlatgani körinmaydi. Körinişidan, Diyego Kosta penalti işlaş maqsadida simulyatsiya qilgan. Bunday holatlarda hakam hujumçiga sariq kartoçka körsatişi mumkin, Kosta esa bu vaqtgaça bir marta ogohlantirilgan va u ikkinçi kartoçkadan keyin maydonni tark etişga majbur bölardi. Vaziyatga yanada yaxşilab qaralsa esa, yiqilayotgan de Şiloning barmoqlari Kostaning oyoğini silab ötganini köriş mumkin. Hakam esa videotakrorlarni körib çiqib, jarima maydoni taşqarisida fol bölganini körsatdi.
Good judgement by the ref. No penalty, and I'm not sure of there was even a foul here.#AtletiJuve pic.twitter.com/npsruzwudt
— Haris Mrkonja N1 (@harismrkonjan1) 20 fevralya 2019 g.
Ikkinçi bölimda Tsvayyer yana bir bor videotakrorga murojaat etişiga töğri keldi. «Atletiko» hujumçisi Alvaro Morata sobiq jamoasi darvozasiga boş bilan gol urdi va bu gol hal qiluvçi golga aylanişi mumkin edi. Ammo hakam u zarba berişdan oldin raqib himoyaçisi Jorjo Kellinini biroz turtganini hisobga olib, golni bekor qildi.
Clear push by Morata. VAR got that one right. Morata close to equalling the amount of Champions League goals he scored for Chelsea (1).
— Darren (@DF_Arsenal) 20 fevralya 2019 g.
pic.twitter.com/6KA6SOF0oa












