AQŞning örta ğarbini qamrab olgan qişki böronlar endi mamlakatning şimoli-şarqi tomon yönalib, uşbu hududda sovuq harorat örnatilişiga sabab böldi. Sovuq havo Niagara şarşarasining şarqiroq suvlarining muzlaşiga olib keldi.

“Şunçalik sovuqki, Niagara şarşarasining bir qismi muzlab qoldi. Sayyohlar uluğvor manzaralardan hayratdalar”, deb ma'lum qilgan CNN telekanali. 

Şarşaraga Kanada tomonidan taşrif buyurgan Instagram’dagi foydalanuvçilardan biri Inge Grut quyoş şarşara ustida bor-yöği 15 daqiqaga çiqqanini yozgan. Ayolning aytişiça, harorat 25 daraja sovuq bölgan. 

2018 yil qişida ham şarşara muzlab qolgan. Öşanda şarşara hududidagi harorat me'yordagidan 20 daraja sovuq bölgan.