Mavjud muammolarni bartaraf etiş va notariat tizimini zamon talablariga mos keladigan sohaga aylantiriş maqsadida Adliya vazirligi huzurida notariat sohasida yagona amaliyotni şakllantiriş böyiça Ekspertlik komissiyasi taşkil qilindi.

Ekspertlik komissiyasi tarkibiga jamoatçilik asosida faoliyat körsatuvçi 7 nafar a'zodan iborat bölib, uning tarkibiga huquq sohasidagi yetakçi mutaxassis-olimlar, tajribali notariuslar va Adliya vazirligining mas'ul xodimlari kiritildi.

Komissiyaga notarial harakatlarni amalga oşirişda joylardagi mavjud muammolarni aniqlaş va ularni qonuniy hal qiliş, sohada bir xil amaliyotni ta'minlaş, qonun hujjatlaridagi huquqiy nuqsonlarni, korrupsiyaga, boşqa huquqbuzarliklarni sodir etişga, fuqarolardan ortiqça hujjatlar talab qilişga, ularni turli xil ovora-sarson qilişga şart-şaroit yaratuvçi qoidalar va normalarni aniqlaş, ularni bartaraf etiş yuzasidan qonun hujjatlarini takomillaştiriş böyiça takliflar işlab çiqiş vazifasi yuklatildi.

Bundan taşqari, komissiyaga notarial harakatlarni bajariş uçun taqdim qilinadigan hujjat turlarini tubdan qisqartiriş, fuqarolarning ortiqça ovoragarçiligini oldini oliş maqsadida notarial harakatlarni bajariş uçun zarur bölgan barça hujjatlarni elektron tizim orqali oliş hamda qonunçilikda notarial tasdiqlaş majburiy talab qilinadigan bitim va hujjatlarning turlarini qisqartirişning qonuniy yöllarini izlab topiş vazifalari topşirildi.

Ekspertlik komissiyasining taşkil qilinişi kelgusida notariat sohasida amaliyotdagi muammolarni qonuniy hal qiliş, bir xillikni ta'minlaş yöli bilan jismoniy va yuridik şaxslarga sifatli huquqiy xizmat körsatişda muhim örin tutadi.