Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston 2018 yil Rossiyada nechta avtomobil sotgani ma'lum bo‘ldi
2018 yil yakunlari bo‘yicha Ravon’ning Rossiya bozoridagi ulushi 0,3%ni tashkil qildi. Bundan Yevropa biznesi assotsiatsiyasi ma'lumotlari darak bermoqda.
Taqqoslash uchun, o‘tgan yilning xuddi shu davrida brend ulushi 0,9 foizni tashkil etgan. Bunday pasayish yoz va kuzda, shuningdek, dekabr oyida Rossiyada Ravon’ning birorta avtomobili sotilmagani bilan izohlanadi - ular sotuvda yo‘q.
So‘nggi bor kompaniya avtomobillarni may oyida sotgan - 508 dona. O‘shanda ular Rossiyadagi aksariyat dilerlik markazlaridan yo‘qolib qoldi. Natijada, 2018 yilda Ravon Rossiyada 5 184 dona avtomobil sotdi, 2017 yilda esa 15 078 avtomobil sotilgandi.
Taqchillikka kamida ikkita sabab bor - Rossiya bozoridagi narxlarning qayta ko‘rib chiqilishi va kompaniya biznes modelidagi sezilarli o‘zgarishlar.
«Narxlarni qayta ko‘rib chiqish Rossiya va O‘zbekiston milliy valutalari kursi o‘zgarishi hamda Rossiya Federatsiyasida utilizatsiya yig‘imi stavkalari oshishi bilan bog‘liq. Biznes modelidagi o‘zgarishlar rebrending va yangilangan modellar qatori ishga tushirilishi bilan kechdi hamda Ravon brendining rivojlanishi, Rossiya bozori uchun yangi mahsulotlarni ishlab chiqarish bo‘yicha loyihalar va dilerlik tarmog‘ini kengaytirish bilan davom etmoqda», - deya xabar qilishgan Ravon Motors Rus/GM Uzbekistan’dan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ravon avtomobillarini Rossiyaga yetkazib berish tiklanishi xabar berilgandi.
Mavzuga oid
21:15 / 23.06.2026
Rossiya Ukraina bilan «2022 yildagi Istanbul kelishuvlari asosida» muzokaralar olib borishga tayyor - Putin
16:29 / 23.06.2026
Sverdlovsk oblastida quyun hodisasi kuzatildi – fotolar
10:30 / 23.06.2026
Jurnalistlar: Ukraina urushida kamida 227 ming rossiyalik harbiy halok bo‘lgan
08:55 / 23.06.2026