Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev Myunxen şahrida Germaniyaning yetakçi kompaniya va banklari rahbarlari bilan uçraşuv ötkazdi.
Unda «Siemens», «Thyssenkrupp», «Volkswagen», «Knauf», «Claas», «MAN», «Deutsche Bahn», «Linde Group», «Falk Porcshe Technik», «Atlas International», «Tenova», «Giesecke & Devrient», «Papenburg», «Euler Hermes», «Deutsche Bank», «Commerzbank» kabi Yevropa va jahon bozorining yetakçi kompaniyalari, moliyaviy tuzilmalari rahbarlari iştirok etdi.
Uçraşuvda bugungi kunda Özbekistonda turli sohalarda amalga oşirilayotgan qat'iy yangilaniş va islohotlar, ayniqsa, iqtisodiyotning erkinlaştirilayotgani mamlakatimizning izçil rivojlanişi va aholi farovonligining yuksalişi uçun şart-şaroit yaratayotgani ta'kidlandi.
Germaniya dunyoning rivojlangan mamlakatlari qatorida bölib, ulkan savdo-iqtisodiy resurslar, keng investitsion salohiyat va ilğor texnologik işlanmalarga ega davlat hisoblanadi. Özbekistonning boy tabiiy resurslari, yuqori darajadagi inson kapitali, uning tarmoqlangan infratuzilmasi, qulay investitsiya muhiti Germaniya bilan savdo-iqtisodiy aloqalarni yanada kengaytirişga jiddiy asos yaratmoqda. Bundan taşqari, Özbekiston nafaqat Markaziy Osiyodagi eng qulay geosiyosiy joylaşuviga köra, balki ijtimoiy-siyosiy va makroiqtisodiy barqarorligi bilan ham ajralib turadi. Şuningdek, germaniyalik hamkorlar Özbekistonning iqtisodiyot tarmoqlarini texnik va texnologik jihatdan modernizatsiyalaş va diversifikatsiyalaşga yönaltirilgan puxta öylangan siyosiy intilişini yuqori baholaydi.
Mamlakatimizda xorijiy investorlar uçun qulay imkoniyatlar yaratilayotgan alohida qayd etildi. Ularning faoliyatini rağbatlantiriş va himoya qiliş uçun zarur normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilindi. Biznes rivoji yölidagi tösiqlar bartaraf etildi, taşqi savdo va bojxona-tarif nazorati sezilarli qisqartirildi.
Xorijiy investorlar bilan bevosita muloqot qiliş maqsadida, amalga oşirilayotgan islohotlarni maslahat va ekspertlik jihatidan qöllab-quvvatlaş, dolzarb masalalar, jumladan, mamlakatda investitsiya muhitini yaxşilaş böyiça takliflar işlab çiqiş uçun Özbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida Ekspert kengaşini taşkil etiş töğrisida qaror qabul qilindi.
Davlatimiz rahbari uçraşuv iştirokçilarini uşbu kengaş faoliyatida faol iştirok etişga taklif qildi.

Samarali savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni mustahkamlaşda Germaniya iqtisodiyoti şarqiy qömitasi muhim örin egallaşi ta'kidlandi.













