Moliya vazirligi huzuridagi Budjetdan taşqari pensiya jamğarmasi ijroçi direktori Yorqin Tursunov Kun.uz muxbiri bilan suhbatda « pensiyani joylarda tarqatiş masalasi avval, bir marta» qayta körib çiqilganini bildirdi. Unga köra, bu masalada qat'iy ustunlik bank tomonida bölib, bank pensionerlarga xizmat körsatişdan köp imkoniyatlarga ega.
«Hozirgi poçta köp imkoniyatlarga ega emas. Masalan, biz hamma hisoblarni Xalq bankiga elektron körinişda yuboramiz. Qoğozlarni çop etib ötirmaymiz, töğridan-töğri elektron formatda pensiya tarqatuvçisiga yetkazib beriladi», – deydi u.
Şuningdek, jamğarma ijroçi direktori joylarda pensionerlarga bank xodimlari tomonidan majburiy sotilayotgan lotereya masalasida fikr bildirib, uşbu harakatlarni qattiq qoraladi.
«Lotereya böyiça qattiq kuraş ketyapti. Lotereyani majburlab berişga heç kimning haqqi yöq», – deydi u.
Eslatib ötamiz, Xalq banki «Pensiya va nafaqa tölaş mexanizmini yanada takomillaştiriş töğrisida»gi qarorga asosan respublika böyiça pensiya va nafaqalar tölaş huquqiga ega bölgan yagona bankka aylangandi.
Ma'lumot uçun, Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 39-moddasiga binoan «Har kim qariganda, mehnat layoqatini yöqotganda, şuningdek boquvçisidan mahrum bölganda va qonunda nazarda tutilgan boşqa hollarda ijtimoiy ta'minot oliş huquqiga ega».
Amalda davlat pensiya ta'minoti tizimi 1993 yil 3 sentyabrda qabul qilingan «Fuqarolarning davlat pensiya ta'minoti töğrisida»gi qonuni hamda uşbu qonun asosida işlab çiqilgan me'yoriy-huquqiy hujjatlar bilan tartibga solinadi.
Mazkur Qonunga asosan iş stajiga ega bölmagan fuqarolar va ularning oilalari davlat pensiyalari oliş huquqiga ega emaslar, ularning ijtimoiy ta'minlaniş tartibi Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2011 yil 7 aprelda tasdiqlangan «Pensiya tayinlaş uçun zarur bölgan iş stajiga ega bölmagan qariyalarga va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga nafaqalar tayinlaş va tölaş tartibi töğrisida»gi nizomga muvofiq amalga oşiriladi.












