Şu yil 19 yanvar kuni noma'lum şaxs Toşkent şahar Çilonzor tumanida şu tumanda yaşovçi R.H.ning boşiga urib, qölidagi içida pullari, “iPad” mobil telefoni, plastik kartoçkalari va fuqarolik pasporti bölgan sumkasini tortib olib, voqea joyidan yaşiringan.
Özbekiston Respublikasi IIV Jamoatçilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boşqarmasi xabariga köra, holat yuzasidan jinoyat işi qözğatilgan.
Körilgan çoralar natijasida uşbu jinoyatni Çilonzor tumanida yaşovçi R.D., Sergeli tumani Sputnik 9-dahada yaşovçi J.G. va Sputnik 4-dahada yaşovçi Ye.T.lar sodir etganliklari aniqlanib, uşlanganlar.
Tergov harakatlari davom etmoqda.
Eslatib ötamiz, avvalroq Toşkentda talonçilik qilgan haydovçi va uning hamtovoği qölga olingandi.












