Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yaponlar tig‘iz vaqtdagi tiqilinchlarga qarshi kurashishniing noodatiy usulini o‘ylab topishdi
Dunyodagi eng gavjum joylardan biri bo‘lgan Tokio metrosida tig‘iz vaqtdagi tiqilinchlarga qarshi kurashishning noodatiy usuli o‘ylab topildi: yer osti yo‘lining eng barvaqt keluvchi yo‘lovchilariga tekin nonushtalar taklif qilinadi, deb xabar bermoqda NDTV axborot agentligi.
Tajriba megapolisning sharqidagi hududlarni markaziy tumanlar bilan bog‘laydigan Todzay yo‘nalishida boshlangan. Bu yo‘nalish orqali soat 7-50dan 8-50ga qadar 76 mingga yaqin odam o‘tadi. Ertaroq keluvchilarga bu yerda baliq, dengiz mahsulotlari va sabzavotlardan tayyorlangan taomlar berish rejalashtirilmoqda. Yo‘lovchilar qancha ko‘p bo‘lsa, porsiyalar ham shuncha kattaroq bo‘ladi.
Ushbu kampaniyaga xodimlarini barvaqt kelish yoki uydan ishlashga undovchi mingga yaqin korxonalar egalari qo‘shilganlar.
Mavzuga oid
16:30 / 10.06.2026
“Chinor” metro bekati 50 kunga yopiladi
19:40 / 31.05.2026
Tokio ko‘rgazmasida ignadan ip o‘tkaza oladigan robot namoyish etildi
11:19 / 20.05.2026
Metroda yurganda masofadan kelib chiqib to‘lov qilish tizimiga o‘tiladi
11:09 / 02.05.2026