Bugun, 25 yanvar kuni Özbekiston Olimpiya terma jamoasining yangi boş murabbiyi, serbiyalik Lyubinko Druloviç iştirokida matbuot anjumani bölib ötdi. Unda Olimpiya terma jamoamizning yangi murabbiyi OAV xodimlari savollariga javob qaytardi.
«Avvalambor barçaga salom. Bu yerda ekanligimdan xursandligimni aytib ötmoqçiman. Bir oy oldin bu yerga kelib Özbekiston Olimpiya terma jamoasi haqidagi loyiha bilan tanişib çiqqandim. Uşbu loyiha menda juda yaxşi taassurot qoldirgandi. Şu sababdan ham men şartnoma imzoladim. Umid qilamanki, biz öz maqsadimizga yetamiz», – deya murabbiyning sözlarini keltirgan MOQ matbuot xizmati.

Şundan söng jurnalistlar özlarini qiziqtirgan savollar bilan murabbiyga murojaat qilişdi.
Terma jamoa haqidagi fikri
Şuni ta'kidlaşim lozimki, yoşlar örtasida ötkazilgan sönggi Osiyo çempionatida Özbekiston juda yaxşi harakat qildi va çempionlikka erişdi. Bu albatta osonlik bilan qölga kiritilmaganini bilaman. Yangi şakllantiradigan Olimpiya terma jamoamizda ötgan yilgi tarkibdan uzoği bilan 7-8 nafar futbolçi öynaşi mumkin. Bu esa biz hali köp işlaşimiz lozimligini bildiradi. Umid qilamanki, yangi terma jamoani şakllantirişda ortiqça muammolarga duç kelmaymiz.
Osiyo çempionatining saralaşi haqida
Oldimizda ikki oy vaqt bor. Birinçi galdagi vazifamiz saralaş bahslarini muvaffaqiyatli ötkazişdir. Uçraşuvlar Özbekistonda böladi va biz uşbu bahslarda ğalaba qozonib, Osiyo çempionatining finaliga yöl olişimiz talab etiladi. Nasib etsa, bu vazifani albatta uddalay olamiz.
Murabbiylar ştabi
Murabbiylar ştabi haqida gapiradigan bölsam, bu borada menga ikki nafar serbiyalik mutaxassis yordam beradi. Şuningdek, Ravşan Haydarov ham terma jamoamizda faoliyat olib boradi. Serbiyalik yordamçilarim rus tilida muloqot qila olişadi. Bu işimizda katta ahamiyatga ega – bir-birimizni tuşunişimizda, yuzaga keladigan muammolarni bartaraf etişda bu yordam beradi. Ravşan Haydarov bilan esa 1 oy oldin Toşkentga kelganimda suhbatlaşgandim. U Olimpiya terma jamoasi uçun nomzod futbolçilarni yaxşi taniydi. Şu sababdan ham u jamoamiz uçun yordam bera oladi deb hisoblayman.
Saralaş öyinlarigaça ulguramizmi?
Terma jamoani Osiyo çempionatining saralaş bosqiçiga tayyorlaş uçun ikki oy yetarli deb öylayman. Fevralda Toşkentda yiğilamiz. Keyin esa Ispaniyadagi öquv-maşğulot yiğinlarida qatnaşamiz. Mazkur yiğinda örtoqlik uçraşuvlari ham ötkazamiz.













