Rossiyaning Irkutsk şahrida ölat kasalligiga gumon holati qayd etildi, ammo Özbekistonda bu boradagi vaziyat barqaror. Bu haqda Sanitariya-epidemiologik osoyiştalik va jamoat salomatligi qömitasi raisining birinçi örinbosari Nurmat Otabekov maʼlum qildi.

«Avvalo şuni aytiş kerakki, mamlakatimizda ölat kasalligi bilan boğliq epidemiologik vaziyat barqaror va xavotirlanişga heç qanday asos yöq. Rossiyaning «Rospotrebnadzor» taşkiloti rasmiy maʼlumotlariga köra, Irkutsk şahrida kuzatilgan holatning ölat kasalligi, xususan, uning öpka şakli bilan boğliq ekani hozirça tasdiqlanmagan. Ayni paytda mazkur holat yuzasidan tegişli tekşiruvlar olib borilmoqda», dedi u.

Qayd qilinişiça, ölat - bakteriyalar tomonidan çaqiriladigan öta xavfli yuqumli kasallik. Uning tabiiy öçoqlari dunyoning ayrim hududlarida mavjud. Xastalik asosan mayda sut emizuvçi hayvonlar orasida uçrab, insonga köp hollarda kasallangan hayvonlar va burga çaqişi orqali yuqişi mumkin.

«Yurtimizda şu va boşqa öta xavfli yuqumli kasalliklarning çetdan kirib kelişi va tarqalişining oldini olişga qaratilgan zarur çora-tadbirlar tizimi yaratilgan. Xususan, ayni paytda davlat çegaralarini kesib ötiş joylarida (xalqaro aeroportlar, temir yöl stansiyalari, avtomobil yöllari) 53 ta sanitariya nazorat punkti faoliyat yuritmoqda. Ular orqali xorijdan yurtimizga kirib kelayotgan şaxslar doimiy tibbiy kuzatuvdan ötkaziladi», dedi Otabekov.

Şu bilan birga, taʼkidlanişiça, hududiy sanitariya-epidemiologiya xizmatlarining öta xavfli yuqumli kasalliklarni aniqlaşga ixtisoslaşgan laboratoriyalari zarur diagnostik vositalar, ozuqa muhitlar, reagentlar va reaktivlar bilan töliq taʼminlangan.