Özbekiston mudofaa vaziri Abdusalom Azizov boşçiligidagi delegatsiya Amerika tomonining taklifiga binoan 2019 yilning 26-30 yanvar kunlari AQŞga taşrif buyuradi.
Özbekistonning AQŞdagi elçixonasi bergan ma'lumotlarga köra, mamlakat mudofaa idorasi vakillari Kemp-Şelbi harbiy bazasida (Missisipi ştati) «Janubiy zarba» öquv maşğulotlarining faol fazasini kuzatib borişadi.
«Janubiy zarba» – Missisipi ştati Milliy gvardiyasi tomonidan har yili ötkaziladigan öquv maşğulotlari. Maqsadi – quruqlikdagi, suvdagi va havodagi turli qöşin turlarining qöşma harakatlarini maşq qiliş. Özbekiston Mudofaa vazirligi harbiy xizmatçilari ilk bor mazkur tadbirda iştirok etmoqda.
Harbiy delegatsiya Tampa şahridagi (Florida ştati) CENTCOM boş qarorgohiga ham taşrif buyurib, uning rahbariyati bilan muzokaralar ötkazadi, Özbekiston mudofaa idorasi va CENTCOM örtasidagi Harbiy aloqalar rejasida közda tutilgan tadbirlarni amalga oşiriş böyiça fikr almaşadi, deyiladi TIV xabarida.












