Özbekiston Orolböyi mintaqasida inson xavfsizligi böyiça BMTning köp tomonlama hamkorlik trast fondi doirasida «yaşil» investitsiyalarni rağbatlantiriş maqsadida Microsoft kompaniyasi asosçisi Bill Geyts va uning rafiqasi Melindaning xayriya taşkiloti mablağlarini jalb qiliş niyatida. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar berdi.
Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev joriy yilning birinçi yarmida BMT bilan birgalikda trast fondi işi uçun moliyaviy resurslarni jalb qiliş böyiça strategiya işlab çiqişni nazarda tutadigan qarorni imzoladi, endi uning 2019 yilga möljallangan investitsiya portfeli tasdiqlanadi.
Mablağlarni jalb qiliş strategiyasi xususiy sektorning bölişini ham nazarda tutişi kerak. Şu maqsadda Mirziyoyev xayriya fondlariga ega transmilliy kompaniyalar («Koka-Kola» Fondi, «Özkorgaz» kompaniyalari va boşqalar) hamda Bill va Melinda Geyts Fondi (Bill & Melinda Gates Foundation) kabi xususiy taşkilotlar röyxatini şakllantiriş haqida körsatma berdi. Bill Geyts jamğarmasi 50 milliard dollar miqdordagi aktivlari bilan AQŞdagi eng yirik xususiy fond hisoblanadi.
BMTning köp tomonlama şeriklik trast fondi 2018 yil 27 noyabrda BMTning Nyu-Yorkdagi qarorgohida rasmiy ravişda işga tuşirildi. U Orolböyi mintaqasida ekologik falokat oqibatlarini bartaraf etişga qaratilgan loyihalar uçun moliyaviy va texnik vositalarni safarbar qilişi kerak. Fond 2023 yil oxirigaça işlaydi.
Jamğarmaning birinçi donori Özbekiston hukumati böldi, u 6,5 million dollar sarmoya kiritdi. Norvegiya, Yaponiya va boşqa bir qator mamlakatlar ham loyihalarni moliyalaştirişni xohlamoqda.












