Özbekiston Respublikasi Xususiylaştirilgan korxonalarga kömaklaşiş va raqobatni rivojlantiriş davlat qömitasi raisi birinçi örinbosari lavozimida işlagan Najmiddin Şaripov yangi taşkil etilgan Monopoliyaga qarşi kuraşiş qömitasiga rahbar etib tayinlandi. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar bermoqda. 

Prezident Şavkat Mirziyoyevning «Özbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarşi kuraşiş qömitasi faoliyatini taşkil etiş töğrisida»gi qarori bilan iş boşlagan yangi qömita Xususiylaştirilgan korxonalarga kömaklaşiş va raqobatni rivojlantiriş davlat qömitasining monopoliyaga qarşi kuraşişni tartibga soliş, raqobat muhitini rivojlantiriş, tabiiy monopoliyalar sub'yektlari faoliyatini nazorat qiliş va tovar-xomaşyo birjalarini litsenziyalaş borasidagi barça huquqlari, majburiyatlari va şartnomalari böyiça huquqiy vorisi hisoblanadi.

Yangi qömita rahbariyati 2019-2023 yillarda tovar va moliya bozorlarida raqobatni rivojlantiriş strategiyasini işlab çiqişi va Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlaş uçun kiritişi belgilangan. 

Ma'lumot uçun, Najmiddin Şaripov 1983 yil tuğilgan. 2005 yil Toşkent moliya institutini tamomlab, 2013 yilga qadar Monopoliyadan çiqariş va raqobatni rivojlantiriş davlat qömitasida turli lavozimlarda işlagan. Şaripov 2013-2016 yillarda qayta taşkil etilgan Xususiylaştiriş, monopoliyadan çiqariş va raqobatni rivojlantiriş davlat qömitasi tizimida işladi. 2016-2018 yillarda esa Vazirlar Mahkamasida, 2018 yil 10 maydan e'tiboran Özbekiston Respublikasi Xususiylaştirilgan korxonalarga kömaklaşiş va raqobatni rivojlantiriş davlat qömitasi raisi birinçi örinbosari sifatida faoliyatini davom ettirib kelayotgandi.