Jahon | 14:34 / 25.01.2019
6094
2 daqiqa o‘qiladi

Rossiyada smartfonlarni majburiy ro‘yxatdan o‘tkazish taklif qilindi

Foto: Vladimir Astapkovich / RIA Novosti

Rossiyada  IMEI-kodga ega bo‘lgan barcha qurilmalar: smartfonlardan tortib ayrim turdagi suv hisoblagichlargacha pullik ro‘yxatdan joriy etish taklif qilindi. Bu boradagi qonun loyihasi davlat dumasiga kiritiladi, deb yozadi RBK.

Agarda ushbu qonun qabul qilinsa, 2020 yil 1 fevraldan boshlab mamlakatning barcha aholisi xorijda sotib  olgan qurilmalarini bir necha oy ichida davlat xizmatlari portali orqali ro‘yxatdan o‘tkazishi va 100 rubl miqdorida boj to‘lashlariga to‘g‘ri keladi.

Agarda qurilma ro‘yxatdan o‘tkazilmasa, smartfon uyali aloqa operatori tomonidan bloklanadi.

Qonun loyihasi mualliflarining qayd etishicha, noqonuniy yoki hisobga olinmagan gadjetlar olib kirilishi oqibatida Rossiya budjeti 16,6 milliard rubl yo‘qotgan.

Qonun kuchga kirguniga qadar mamlakatga olib kirilgan qurilmalardan bir necha yil davomida ro‘yxatdan o‘tkazmasdan foydalanishga ruxsat beriladi. Qonun xorijiy aloqa operatorlari sim-kartalaridan foydalanadigan chet elliklarga tatbiq etilmaydi.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid