17:01 / 26.01.2019
51176

Geografiya darslarida bizga aytilmagan narsalar

Fanlarning maktab kursi bolaga “katta dunyoga kirish”dan oldin asosiy bilimlarni berishi lozim. Keyinchalik yetishmaganlarini kishi oliy ta'lim muassasasida yoki mustaqil tarzda o‘rganadi. Bundan chiqdi, maktabda ayrim faktlar aytilmas ekan.

Jomolungma sayyoraning eng baland nuqtasi

Everest suv sathidan eng yuqorida joylashgan nuqta. Bu fakt borasida bahslashib bo‘lmaydi. Biroq uni sayyoramizning eng baland nuqtasi deb bo‘lmaydi. Bu ko‘rsatkich Yer markazidan o‘lchanadi. Bu borada Chimboraso vulqoni – 6 384,4 metr balandlik bilan yetakchilik qiladi. Jomolungma 3 metrga pastroq. U hatto sayyora markazidan balandligi bo‘yicha dastlabki 20 talikka ham kirmaydi. O‘lchashning aniqligi va uslublari bo‘yicha bahslar mavjud. Shunday ekan, bunga ishonish-ishonmaslik har kimning shaxsiy ishi.

Qanday qilib bir vaqtning o‘zida ikkita yarim sharda futbol o‘ynash mumkin?

Braziliyaning «Zeran» («katta nol») stadioni aynan shu imkoniyatni beradi. U shunday qurilganki, maydon markazi orqali nol parallel (ekvator) o‘tadi. Shu yo‘l bilan jamoalar nafaqat klub obro‘si uchun kurashishlari mumkin, balki o‘z yarim sharlarini ham himoya qiladilar.

Nemo nuqtasi

Odamlardan iloji boricha uzoqqa ketish haqida orzu qiladiganlar uchun olimlar Nemo shartli nuqtasini maqsadga muvofiq hisoblashdi. U har qanday quruqlikdan maksimal uzoqlikda joylashgan (ha, ochiq okeanda dam olishga to‘g‘ri keladi). U odam qadami yetmagan marjon qoyalardan 2 688 km va Tinch okeanidagi bir necha inson qadami yetgan orollardan uzoqda joylashgan (Maxer va Motu-Nui). Eng qiziqarli jihati, ayrim hollarda Yer aholisi bu nuqtaga 400 km gacha yaqinlashadi. Xalqaro fazo stansiyasi aynan uning ustidan uchib o‘tadi.

Bir-biriga tutashgan 4 shtat

Amerikada 4 ta  - Yuta, Arizona, Nyu-Meksiko, Kolorado shtatlari tutashgan joy bor. Bu nuqtada maxsus marker joylashgan bo‘lib, u yerda sayyohlar suratga tushishni xush ko‘rishadi.

Yerdagi toza ichimlik suvining katta qismi qayerda joylashgan?

Ko‘pchilik ichimlik suvining deyarli hammasi Baykalda saqlanishini aytadi. Aniqrog‘i – bu xuddi eng yirik zaxira kabi. Biroq Baykalda toza suvning bor-yo‘g‘i 1/5 qismi joylashgan. ¾ qismi esa sayyoraning jami muzliklarida.

Eng katta quruq sahro

Ko‘pchilik buni darhol Sahroi Kabir yoki Qoraqum deydi. Biroq yiliga eng kam yog‘ingarchilik bo‘lgan joy sahro deb ataladi. Bunday joy Antarktidada joylashgan. Bu yerda yiliga o‘rta hisobda bor-yo‘g‘i 500 mm yog‘ingarchilik bo‘ladi. Sahroi Kabir maydoniga ko‘ra faxrli ikkinchi o‘rinda, haroratning maksimal ko‘rsatkichi bo‘yicha tabiiyki yetakchilik qiladi.

Mavzuga oid
Top