Gretsiya parlamenti Makedoniya Respublikasi nomining Şimoliy Makedoniya Respublikasi deb özgartirilişi töğrisidagi şartnoma uçun ovoz berdi.
Ovoz berişda qatnaşgan 300 deputatdan 153 nafari şartnoma ratifikatsiya qilinişini qöllab-quvvatlagan bölsa, 146 deputat unga qarşi ovoz berdi. Bir deputat betaraf qoldi.
2018 yil 17 iyunda Afina va Skope Prespa köli böyida imzolagan şartnoma Prespa şartnomasi nomini olgan. Uşbu şartnoma mamlakat nomi töğrisidagi köp yillik bahsga nuqta qöyadi va Skope uçun NATO va YeIga kirişga yöl oçadi.
Sönggi sörovlar greklarning aksariyati - 62%i Prespa bitimiga salbiy munosabatda ekanliklarini körsatdi. Avvalroq greklarning 80%i şartnomaga qarşi çiqqandi. Ular Makedoniya nomi faqat greklarga tegişli deb hisoblaşadi.












