“Mening fikrim” jamoaviy murojaatlar portalida iste'molçilar foydalanayotgan suvni içimlik suvi va texnik suvga ajratiş haqida petitsiya paydo böldi.
“Kundan kunga suv tanqisligi tufayli köplab davlatlar aziyat çekmoqda. Mamlakatimizda içimlik suvini tejaş maqsadida undan texnik suv sifatida foydalanmaslik zarur. Masalan, ba'zi zavod va fabrikalar, ekinlarni suğoriş, avtomobillarni yuviş uçun toza içimlik suvi şart emas”, - deyiladi murojaatda.
Qayd etilişiça, bunday sohalarni işlatilgan içimlik suvini qayta yönaltiriş orqali suv bilan ta'minlaş zarur. Hozirgi kunda hatto kanalizatsiyada ham toza içimlik suvidan foydalaniladi.
“Şu sababdan, taklifim agar içimlik suvidan ikkinçi marta texnik suv sifatida foydalanilsa, içimlik suvini va unga sarflanadigan xarajatlarni tejagan bölamiz. Bu masalada hal etilmagan muammolarni körib çiqişimiz zarur”, - deb yozadi petitsiya muallifi.

















