25 yanvardan 26 yanvarga ötar tunda Toşkent şahrining Mirzo Uluğbek tumanida mudhiş yöl-transport hodisasi röy berdi.
Poytaxt IIBB xabariga köra, tungi soat taxminan 2:00lar atrofida Abdulla Qodiriy köçasidagi (sobiq hayvonot boği yonida) YTH haqida xabar kelib tuşgan.
«Neksiya-3» rusumidagi avtomobil haydovçisi reklama banneri ustuniga kelib urilgan. YTH oqibatida haydovçi, 25 yoşli A.T. va uning ikki nafar yölovçisi (ayollar) voqea joyida halok bölgan. Uçinçi yölovçi (ayol kişi) şifoxonaga olib ketilgan, şifokorlar uning holatini oğir, deb baholaşmoqda.

Yöl-transport hodisasi sababi - tezlikning sezilarli darajada oşirilişi, oqibatda avtotransport vositasi boşqaruvini yöqotiş.












